Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2024
Chop etish
JDPUda «Tabiat in’omisan-Mehrjon» hosil bayrami o‘tkazildi.
Mehrjon — kuzgi teng kunlikda kuz bayrami sifatida o‘tkaziladigan bayramdir. Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari xalqimiz  tabiatidagi bag‘rikenglik,   mehmondo‘stlik,  mehr-shafqat, saxovatlilik kabi  go‘zal fazilatlarni o‘zida mujassam ettirgan ushbu bayramni keng nishonlashdi.

Tabiatning bizga bergan inomlari juda ham bisyor. Ulardan oqilona foydalanishimiz, tabiatga do‘stona munosabatda bo‘lishimiz biz uchun ham farz, ham kelajak avlod oldidagi qarzimizdir. Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchilari, fakultetning 2-bosqich talabalari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda talabalarning qo‘l mehnati bilan tayyorlangan tansiq taomlar barchaning e’tiboriga havola etildi.


Ulashish:
941
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.