Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/09/2023
Chop etish
JDPUda “Spelling Bee-2023” respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Joriy yilning 14-sentabr kuni Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va JDPU hamkorligi miqyosida JDPU talabalari o‘rtasida ingliz tili orfografiyasi bo‘yicha respublika tanlovi (“Spelling Bee-2023”) ning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda JDPU xorijiy tillar fakultetitining talabalari o‘zlarining ingliz tilidagi orfagrafik bilimlari bilan o‘zaro bellashishdi. Ushbu bellashuvni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi diplomati Linda Nyugen; Fulbrait ingliz tili o‘qituvchi asistentlari Xolli Makferlayn va Samuel Kendrik, hamda Ingliz tili amaliy kursi o‘qituvchilari Gulrux Gafurova Saodat Sadikova baholab bordi. Bellashuvning yuqori saviyada o‘tishida JDPU xalqaro hamkorlik bo‘lim hamda xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi o‘qituvchilari ham o‘z hissalarini qo‘shishdi.

 Tanlov bahs-munozaraga boy bo‘ldi. Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin 3- bosqich talabasi Ropiyeva Sevinchga,  2-o‘rin:  2 bosqich talabasi Abduvaliyeva Sevinchga, 3-o‘rin 2 bosqich talabasi  Dadajonova Irodaga, 4-o‘rin esa 2 bosqich talabasi Oqilova Durdonalarga nasib etdi.

 

Ushbu talabalarimiz oktyabr oyida Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Talabalarimizga omad hamisha yor bo‘lsin!


Ulashish:
786
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...