Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/05/2024
Chop etish
JDPUda «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, ustozlarning ham o‘rni beqiyos.

Shu ma’noda, Maktab va Oliy ta’lim hamkorligi doirasida Boshlang‘ich ta’lim fakultetiga biriktirilgan Jizzax shahar 24-sonli maktab yuqori sinf o‘quvchilarining universitet bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.

Tadbir davomida, o‘quvchi yoshlarning universitetda yaratilgan sharoitlar va faoliyati bilan tanishishlari uchun oliygoh bo‘ylab sayohat tashkil etilib, talaba yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.


Ulashish:
1 140
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.