Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/03/2025
Chop etish
JDPUda Navro‘z bayrami shod-u xurramlikda nishonlanmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan universitet “Professorlar bog‘i”da tashkil etilgan bayram sayli ham shubha yo‘qki, professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba yoshlar ko‘nglida bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun shukronalik kayfiyatini uyg‘otdi. Tadbirni universitet rektori bayram tabrigi bilan ochib berdi.

 

 

Universitetdagi barcha fakultetlar o‘zbek millatining ezgu qadriyatlarini asrab-avaylash, urf-odat va an’analari bardavomligini ta’minlash, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otish maqsadida milliy taomlar, milliy liboslar va milliy sahna bezaklari va ko‘rgazmalari bilan bayramga fayz qo‘shishdi. Bugungi bayram tadbirida ayni hamjihatlik,  do‘stlik munosabatlari tarannum etildi. Qadriyatlar ulug‘landi. Tinchlikni,  Vatanni va bahorni madh ettiruvchi dilrabo kuy-qo‘shiqlar yangradi. Jozibador raqslar ijro etildi. Navro‘z arafasida turli tanlovlar va sport musobaqalarda g‘olib bo‘lgan faol ustozlar va talaba yoshlar taqdirlanishdi. Bahorning va bayramning shoh taomi sumalak ulashildi.

Universitetdagi E.Lutfullayev nomidagi talabalar maqomchilar ansamblining dilbar taronalari, yosh ijodkor talabalarning bayramona chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tantanalardan so‘ng barcha mehmonlar Navro‘z dasturxoniga taklif etildi.


Ulashish:
785
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.