Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/09/2025
Chop etish
JDPUda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari start oldi. Unda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetlariga tavsiya etilgan birinchi kurs talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet rektori, professor Maqsudjon Yuldashev ochib berdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlar haqida to‘xtalib, ular yosh avlodning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

— Jizzax davlat pedagogika universitetini tanlaganingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman. Ishonchim komilki, tanlovingizdan hech qachon afsuslanmaysiz, — dedi rektor o‘z nutqida talabalarga murojaat qilib.

“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Sanobar Kenjayeva hamda uning iste’dodli shogirdlarining chiqishlari tadbirga yanada mazmun va ruh bag‘ishladi.”

Tantanali marosim davomida fakultetga davlat granti asosida eng yuqori ball bilan qabul qilingan talabalarning ota-onalari hamda tashabbuskor va faol o‘qituvchilarga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.


Ulashish:
2 736
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.