Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/02/2026
Chop etish
JDPU talabalari Turkiyada “Silk Road and Beyond – 2026” xalqaro dasturida faol ishtirok etishdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh iqtidorli talabalari Turkiya Respublikasining Konya shahrida joylashgan nufuzli Necmettin Erbakan Universitetida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026” xalqaro dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Mazkur dastur doirasida talabalar bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, xorijiy ta’lim tizimi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dastur yakunida barcha ishtirokchi talabalarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu sertifikatlar talabalarning xalqaro miqyosdagi o‘quv dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etganini tasdiqlovchi muhim hujjat sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, yakuniy marosimda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘z nutqlari bilan dastur faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.


Ulashish:
2 571
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.