Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/04/2025
Chop etish
JDPU: Talabalar uchun yangi oshxona foydalanishga topshirildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hududida yana bir yangi bino qurilib, talabalar ixtiyoriga topshirildi.

Universitet rahbariyatining sa’y-harakati bilan qisqa fursatlar ichida bunyod etilgan 100 o‘rinli oshxona byudjetdan tashqari mablag‘lari evaziga qad rostladi. Shu munosabat bilan bugun tashkil etilgan ochilish marosimida so‘z olganlar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan mazkur shinam oshxona talabalar ehtiyojini to‘liq qondirishini e’tirof etishdi.

Ijara markazi orqali tadbirkorga, uzoq muddatli ijaraga berilgan oshxona, oziq-ovqatlarni saqlash va ularga ishlov berish, taom tayyorlash, idish tovoqlarni yuvish va saqlash joylariga ega. Shuningdek,  sanitar-gigiyenik talablarga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat tizimi o‘rnatilgan.


Ulashish:
911
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.