Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2023
Chop etish
JDPU rektori xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

2023-yilning 29 noyabr 1 dekabr kunlari Germaniyaning Potsdam shahridagi Germaniya raqamli texnologiyalar universitetida “ASIIN Global Konferensiya 2023” doirasida “Oliy ta’limda sun’iy intellekt – imkoniyatlar dunyosimi yoki jiddiy xavfmi?” mavzusida konferensiya tashkil qilindi. Ushbu xalqaro konferensiyada Germaniya va butun dunyodan 15 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va mas’ul vakillari ishtirok etishdi. Konferensiyada asosan oliy ta’lim jamoatchiligi vakillari va OTMlarning sifat menejmenti xodimlari, shuningdek, xalqaro biznes hamjamiyatlari va siyosiy manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu konferensiyada JDPU rektori Sh.Sharipov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.


Ulashish:
792
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.