Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/09/2025
Chop etish
JDPU rektori 45-umumta’lim maktabida tantanali tadbirda qatnashdi.

Bugun, 2-sentyabr kuni, Jizzax viloyatidagi 560 ta umumta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yili darslari tantanali ravishda boshlandi. Joriy o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 30 643 nafar bolajon 1-sinfga qabul qilinib, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yili arafasida viloyatimizda 6 ta yangi maktab qurilib, foydalanishga topshirildi. Aytish lozimki, hozirda Jizzax viloyati maktablarida tahsil olayotgan 270 689 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimlik va keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari keng ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirlar “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida o‘tkazilib, unda xalqimiz ardog‘idagi insonlar, maktablarning faxriy bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Sharof Rashidov tumanidagi “Ko‘rpasoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 45-umumta’lim maktabida ham katta bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsud Yuldashev ishtirok etib, maktab jamoasi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.

Rektor o‘z nutqida maktabgacha va umumta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Bayram tantanalari yakunida esa u 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi.


Ulashish:
2 223
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.
JDPUda ijtimoiy faollik bo‘yicha kitobxonlik yo‘nalishida test sinovlari boshlandi
Mazkur sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F-43-son Farmoyishi, Davlat komissiyasi majlisining 69-3-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil...