Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/02/2025
Chop etish
JDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi tomonidan “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi  “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarningbandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taxminlash maqsadida Jizzax shahridagi 17-maktabda tashkil etilgan “Pedagogik sinf” o‘quvchilar JDPU ga “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida ularga hamrohlik qilgan katta o‘qituvchi A. Qayumov “Pedagogik sinf” o‘quvchilarini universitet tarixi va va bugungi kunda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirishdan boshladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar yangi tashkil qilingan axborot-resurs markazi, “Universitet tarixi” va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va madaniyat saroyida bo‘lishdi.

Tashrif so‘ngida o‘quvchilar fakultet ilmiy va ijtimoiy hayoti bilan tanishdilar.


Ulashish:
590
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.