Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2024
Chop etish
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari L.E.Axmadjonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Tibbiyot fakultetining talaba yoshlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. “Jaholatga qarshi ma’rifat” deb nomlangan tadbirda ma’ruzachilar islom dinining insonparvarlik g‘oyalarini, dinni to‘g‘ri talqin qilish, diniy ekstremizm, uning salbiy oqibatlari, bu boradagi muammolarni, bu kabi masalalar borasidagi fikrlarini bayon etishdi.

Shuningdek so‘zga chiqqanlar  talabalarga universitet ichki tartib intizom qoidalariga, kiyinish madaniyatiga rioya qilish lozimligini. Ayrim yoshlarning noqonuniy yashirin tarzda diniy ta’lim olish holatlari ham uchrayotganini aytib o‘tishdi. Suhbat so‘ngida talaba yoshlar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan mavzu doirasida savollar bilan murojaat qilishdi.


Ulashish:
1 029
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.