Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2023
Chop etish
  «InnoWeek.UZ-2023» ijodkorlar bayramidir deydi universitet rektori .

«InnoWeek.UZ-2023»— mavjud innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, yangi munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, potensial sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar aynan shular xususida to‘xtalib barchani ko‘rgazmada ishtirok etishga va loyihalarni birgalikda ko‘rishga taklif etishdi.

«InnoWeek.UZ-2023» «invintro usuli»: U qanday usul? O‘simlikdan tez va sifatli ko‘chatlar ko‘paytirish qanday amalga oshiriladi?

JDPUda “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar-Yangi  O‘zbekiston taraqqiyotining asosi”  shiori ostida o‘tkazilayotgan «InnoWeek.UZ-2023» xalqaro innovatsion g‘oyalar  haftaligi doirasidagi “Yoshlar kuni” forumida ko‘plab qiziqarli innovatsion loyihalar taqdim etilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ko‘rgazmaning kirish qismida katta Begoniya guli va uni atrofidagi son-sanoqsiz gul ko‘chatlari ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘ldi. «invintro» usuli haqida hech eshitganmisiz? invintro laboratoriyasi haqida nimalarni bilasiz? Xo‘sh invintro usulining o‘zi nima? invintro usulida bitta guldan tez va sifatli 200 ga yaqin  gul ko‘chatlarini yetishtirish mumkin.  Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan taqdim etilayotgan bu loyiha barcha gulsevarlarni qiziqtirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz

Institutda Quyosh panellarini sexi ochilmoqda.

Jizzax politexnika instituti tomonidan taqdim etilayotgan loyihada kelajakda quyosh panellarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ayni paytda Xitoyda malaka oshirib qaytgan mualliflar loyihani amalga oshirishi ishlari bilan band. Bu loyiha ishga tushganda talaba yoshlar ish bilan taʼminlanadi shu bilan bir qatorda yosh olimlarning ilmiy izlanish olib borishlari uchun sharoit yaratib beriladi.

 

Maktabgacha taʼlim fakulteti tayyorlagan qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmada barchani hayratga soldi.

Qo‘g‘irchoqlar nafaqat bola uchun ovunchoq, balki tarbiya vositasidir. U orqali bola milliy anʼanalarni, millatga xos qadriyatlarni his etadi. Kerak bo‘lsa, o‘rganadi ham. So‘z farzand salomatligi, uning kamoli xususida ketar ekan, bu ishga nihoyatda katta eʼtibor va masʼuliyat bilan yondoshmoq lozim. Bugungi ko‘rgazmada talaba yoshlar qo‘l mehnati orqali o‘zlari yasagan milliy qo‘g‘irchoqlarni namoyish etishmoqda.

 

Mazkur forumda ko‘plab tashkilotlar bilan shartnomalar ham imzolanmoqda. Ayni paytgacha JDPU fakultetlar va bo‘limlari 15 ga yaqin tashkilot va korxonalar bilan shartnomalarni imzolashdi.


Ulashish:
767
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Besh tashabbus olimpiadasi” respublika finali ishtirokchilari yo‘lga kuzatildi.
Kecha Jizzax davlat pedagogika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining respublika final bosqichida talaba-yoshlarimiz ishtirokini ta’minlash maqsadida tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasida 2025-yil 14-noyabr kuni “Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya...
Jizzaxda “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq kuni keng nishonlandi.
Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.