Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Hindiston oliygohlari vakillari JDPUda.

Hindiston oliy ta’lim muassasasi va axborot texnologiyalari vakillari Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar bilan uchrashuv universitetning kichik ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida universitet rektori Sh.Sharipov Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomadan ko‘zlagan maqsadlar, tomonlar o‘rtasidagi aloqalar, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.

Shu o‘rinda Hindistonlik olimlar ham talaba yoshlar uchun  tashkil etilgan Steam park faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirib o‘tishdi. JDPUda xorijiy tillarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga rahbarlik qilgan «Orangeslates» tashkiloti rahbari Vishal Singh Khutel oliygohda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi. Shuningdek mehmonlar universitetda Steam va Robotatexnika rivojlantirish sohasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan eng so‘ngi texnologiyalarni jalb etishlarini ham aytib o‘tishdi.

Uchrashuv so‘ngida Hindistonlik olimlar JDPUdagi Steam Park va Inkubatsion markazning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ma’lumot uchun: Hindistonlik olimlar ayni kunlarda mutaxassislar uchun treninglarni boshlab yuborishgan. Treninglar 10 kun davom etadi.