Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/06/2025
Chop etish
“Farovon oila sari” shiori ostida tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
 2025-yil 3-iyun kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Farovon oila sari” shiori ostida universitet pedagog-xodimlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bosqichda ishtirokchi oilalar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar:

1️⃣ “Oila kvesti” – qiziqarli savollar va topshiriqlar orqali a’zolarning bilim va tafakkurlari sinovdan o‘tkazildi;
2️⃣ “Sevgan ovqat (salat)ni birgalikda tayyorlash” – ishtirokchilar oilaviy hamjihatlikda o‘zlariga xos taomni tayyorlashdi;
3️⃣ “Borligingiz uchun rahmat!” – oila a’zolari bir-birlariga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.

Tanlov yakunida quyidagi oilalar g‘olib deb topildi: Qo‘shmurodovlar oilasi – O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti vakillari,
Honimqulovlar oilasi – Matematika va informatika fakulteti vakillari.G‘oliblar Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu tanlov universitetda sog‘lom oilaviy muhitni mustahkamlash, oila qadriyatlarini targ‘ib qilish hamda pedagog-xodimlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni kuchaytirishga xizmat qildi.


Ulashish:
867
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.