News
News
|
13/01/2022
Print
(O`zbek) “OAV va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash”

“OAV va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash”
Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Institut rektori tashabbusi bilan tashkillashtirilgan o‘quv-seminarida “Qalb nuri” NNT Jizzax viloyati rahbari, media-trener Nodira Alimova, “O‘zbekiston” tellekanali Jizzax viloyati muxbiri Dilmurod Abdurahimov trenerlik qilishdi.
O‘zaro ma’lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdag
“OAV va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash”
Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Institut rektori tashabbusi bilan tashkillashtirilgan o‘quv-seminarida “Qalb nuri” NNT Jizzax viloyati rahbari, media-trener Nodira Alimova, “O‘zbekiston” tellekanali Jizzax viloyati muxbiri Dilmurod Abdurahimov trenerlik qilishdi.
O‘zaro ma’lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdagi odamni bemisl darajada o‘ziga «maftun» qilib turadi.
Aksariyat yoshlar o‘zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo‘yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo‘lishadi va o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya’ni ma’naviyatli kishilarning fikri, deb aytaolamizmi?… Ba’zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma’lumotlarning sanab adog‘iga ham yetib bo‘lmaydi. Xo‘sh bu xabarlar qanchalik rost va muhim… Feyk xabarlar tarqatish, ular qanday paydo bo‘ladi, ulardan qanday saqlanish mumkin, feyk xabarlarni aniqlash, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim, PR nima ? Bo‘lib o‘tgan seminarda ham aynan shu mavzular xususida so‘z bordi. Tajribali media-trenerlar tomonidan o‘tkazilgan seminar davomida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘z fikr mulohazalarini va takliflarini bildirishdi. Ishtirokchilarda ayniqsa tyutorlarda katta qiziqish uyg‘otgan seminar-trening so‘ngida mana shunday dolzarb mavzuga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari talaba yoshlar ishtirokida ham o‘tkazilishi lozimligi xususida kelishib olindi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati
i odamni bemisl darajada o‘ziga «maftun» qilib turadi.

To share:
1,708
Popular in other categories

Children of JSPU employees were sent off to a summer health camp.
The Trade Union Committee of Jizzakh State Pedagogical University organized another health and wellness event aimed at meaningfully arranging summer leisure for the children of...
Cooperation documents were signed between JSPU and the Unicorn International Foundation.
A memorandum of understanding and cooperation, as well as a cooperation agreement on attracting and admitting applicants to international joint educational programs, was signed between...
The second day of entrance tests is ongoing in Jizzakh.
Examinations are being organized in two shifts at the sports complex of the Jizzakh Olympic and Paralympic Sports Training Center. Throughout the day, approximately 1,500...