Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/01/2022
Chop etish
“OAV va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash”

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Institut rektori tashabbusi bilan tashkillashtirilgan o‘quv-seminarida «Qalb nuri» NNT Jizzax viloyati rahbari, media-trener Nodira Alimova, «O‘zbekiston» tellekanali Jizzax viloyati muxbiri Dilmurod Abdurahimov trenerlik qilishdi.

O‘zaro ma’lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdagi odamni bemisl darajada o‘ziga «maftun» qilib turadi.

Aksariyat yoshlar o‘zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo‘yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo‘lishadi va o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya’ni ma’naviyatli kishilarning fikri, deb aytaolamizmi?… Ba’zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma’lumotlarning sanab adog‘iga ham yetib bo‘lmaydi. Xo‘sh bu xabarlar qanchalik rost va muhim… Feyk xabarlar tarqatish, ular qanday paydo bo‘ladi, ulardan qanday saqlanish mumkin, feyk xabarlarni aniqlash, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim, PR nima ? Bo‘lib o‘tgan seminarda ham aynan shu mavzular xususida so‘z bordi.

Tajribali media-trenerlar tomonidan o‘tkazilgan seminar davomida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘z fikr mulohazalarini va takliflarini  bildirishdi. Ishtirokchilarda ayniqsa  tyutorlarda katta qiziqish uyg‘otgan seminar-trening so‘ngida mana shunday dolzarb mavzuga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari talaba yoshlar ishtirokida ham o‘tkazilishi lozimligi xususida kelishib olindi.

                                  Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 711
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...