Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati

(O‘RQ–792-son, 29.09.2022-y.) Joriy yilning 29-sentabrida “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘RQ–792-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi Qonunga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Elektron tijoratda sotuvchi, xizmatlarni yetkazib beruvchi yoki ishlarni bajaruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar shuningdek elektron tijoratda tovarlarning xaridori, isteʼmolchisi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir. Sotuvchi elektron tijoratni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Xaridor quyidagi huquqlarga ega: shartnomalar tuzish orqali tovarlarni sotib olish; tovarlar, ishlab chiqaruvchi va tovarlarni sotib olishning boshqa shartlari toʻgʻrisida toʻliq axborot olish; elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan operatsiyalarda ishtirok etish uchun shartlarning tengligini talab qilish; oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini talab qilish. Xaridor: shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilinganidan keyin shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etishi; toʻlov tizimlari operatorlariga toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart. Xaridor qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari; elektron savdo maydonchalari operatorlari; toʻlovga oid xizmatlarni yetkazib beruvchilar; elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar. Elektron tijoratda shartnoma taraflar oʻrtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yoʻli bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Elektron tijoratda hujjatlarni shakllantirish taraflarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladi. Elektron tijorat operatorlariga yoki sotuvchilariga shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan elektron tarzdagi cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa hujjatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlaydigan qogʻozdagi shunga oʻxshash hujjatlarga tenglashtiriladi. Elektron tijoratdagi hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (“SMS”, “Face-ID” va boshqalar) ham imzo sifatida tan olinadi. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, oʻz yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot qogʻozda rasmiylashtirilgan va oʻz qoʻli bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ulardan shartnoma tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin. Shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Elektron tijorat sohasida toʻlovlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: naqd pul mablagʻlari bilan – naqd pul mablagʻlari toʻlov vositasi tarzida virtual terminallar (“E-POS”) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali; pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan oʻtkazish orqali – pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan (shu jumladan bank kartalarining hisobvaragʻidan) oʻtkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat koʻrsatish tizimi) orqali yoki toʻlov tashkilotining tizimi orqali oʻtkazish vositasida; elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablagʻlarini oʻtkazish vositasida. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.