Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/03/2022
Chop etish
Dashtobodda “Pedagogik va psixologik xizmat ko‘rsatish, inklyuziv va korreksion ta’lim ilmiy-tadqiqot ” markazi ochildi

Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan viloyatdagi 16 ta chegaroldi mahallalari bilan hamkorlik  aloqalari natijasida   tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va to‘garaklar mahalla ahli va yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kasb-hunar o‘rganishlari uchun ayni muddao bo‘lmoqda. Navbatadagi  tashrif  Zomin tumani Dashtobod shaharchasidagi  “Baxt” mahallasiga bo‘ldi. Institut tashabbusi bilan bu erda “Pedagogik va psixologik xizmat ko‘rsatish, inklyuziv va korreksion ta’lim ilmiy-tadqiqot ” markazi ochildi.

Mahalla va OTM hamkorligi natijasida  Jizzax viloyatidagi  oliygohga biriktirlgan mahallalarda yoshlarni kasbga o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalari hamda ularning qiziqishlaridan kelib chiqib chet tillari, IT-texnologiyalari, Matematika fani bo‘yicha, sport va badiiy ijodkorlik bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan.  YOshlarini sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ular  orasida sportni ommaviylashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini shaklantirish  uchun ham turli sport to‘garakalarini tashkil etish bilan birgalikda musobaqlar  ham  doimiy ravishda o‘tkazilmoqda.  Dashtobod shaxarchasidagi “Baxt” MFY da hududidagi 25- umumta’lim maktabida “Pedagogik va psixologik xizmat ko‘rsatish, inklyuziv va korreksion ta’lim ilmiy-tadqiqot ”  markazini tashkil etishdan maqsad mahalla ahliga xususan ayollarga va yoshlarga psixologik  yordam ko‘rsatish. Bu markazda institutning  malakali mutaxassis psixologlari  ish olib borishadi,  murojaat qilgan shaxsning  muammolari o‘rganiladi, ularga  to‘g‘ri maslahatlar beriladi.  SHuningdek bu markaz oilaviy mojarolar tufayli ruhiy tushkunlik, stressda bo‘lgan ayollar, yoshlar, o‘quvchilar  bilan kerakli muolajalarni olib borib, ularning turmushini izga solish uchun xizmat qiladi.

“ O‘ylaymanki, tashkil qilingan ushbu markaz xodimlari mahalla ahliga  yaqin sirdosh,  o‘quvchi-yoshlarga do‘st sifatida suhbatlar o‘tkazishadi. Lozim bo‘lsa maktab o‘qituvchilarga metodik yordamlarni ko‘rsatishadi. Kelajakda mana shunday markazni har bir bizga biriktirilgan  mahallallarda ochish niyatimiz bor. Ta’kidlash joiz  hamkorlik doirasida biz asosiy e’tiborni maktab  bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun ko‘maklashish va kasbga o‘rgatishga, ikkinchi tomondan, quyi sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab kasb-hunar, san’at turlariga yo‘naltirishga, iste’dodlarini  yuzaga chiqarishga qaratdik.  Natijada aynan past ko‘rsatkichli maktab bitiruvchilarning 50 % oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Hamkorlikda  ijobiy natija ko‘p, bir so‘z bilan aytganda biz yoshlarimizni kelajakda to‘g‘ri  yo‘lni tanlashlariga yordam qilishimiz darkor ” –deydi institut rektori SH.SHaripov

Pedagogika psixologiya   fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan psixolgik -trening mashg‘ulotlari maktab o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, iqtidorli talabalarning musiqiy chiqishlari,   badiiy dastur, xususan  “Talabalar teatr studiyasi “ ijodkorlarining “Odamfurush” daramasi yig‘ilganlarda chuqur taasssurot qoldirdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
906
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...