Ommaviy tadbirlar
Ommaviy tadbirlar
|
18/04/2019
Chop etish
Chimkent shahar o‘zbek drama teatri ijodiy jamoasi Sobit Do‘sanovning “Qashqir uligan tunda” dramasini Jizzaxlik tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi

2019 yil 17-aprel kuni Yu.Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekistonda Qozog‘iston yili munosabati bilan Chimkent shahar o‘zbek drama teatri ijodiy jamoasi Sobit Do‘sanovning “Qashqir uligan tunda” dramasini Jizzaxlik tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi.

Hayotiy voqealar asosida yozilgan mazkur asar Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Akchaevning ta’kidlashicha tomoshabinlarda katta ta’surot qoldirdi. Spektaklda namoyish etilgan sahnalardagi oilaviy munosabatlar, ota-onaga va kattalarga bo‘lgan hurmat va mehr, sevgining sofligi va unga sadoqat, kamtarlik kabi chin insoniy fazilatlar yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Qahramonlar hayotida sodir bo‘lgan mudhish voqea tunda qashqir uvillagandan so‘ng boshlanadi. Mazkur spektaklni tomosha qilishga barchani chorlab qolamiz.


Ulashish:
1 150
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...