Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2024
Chop etish
Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlab shaxmat musobaqalari tashkil etildi.

Rus tili va adabiyoti fakulteti viloyat shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada shaxmatga qiziquvchi talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Qizg‘in kechgan bahslar natijalariga ko‘ra 3-bosqich talabasi Samarov Orzumurod birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin xam 3-bosqich talabasi Temirov Xolmurodga, uchinchi o‘rin esa 1-kurs talabasi Yoqubov Qahramonga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasidagi o‘yinda 1-kurs talabasi Malika Valiyeva yuksak mahorat ko‘rsatib eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

Musobaqa so‘ngida G‘oliblar diplomlar bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
1 435
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.