Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA – TA‘LIM SIFATINI OSHIRISH UCHUN MA‘NAVIYAT VA     OILANING O‘RNI.

Xamrayeva Nazira Ravshanovna JDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti, Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi   O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni ―Insonga e‘tibor va sifatli ta‘lim yili‖ deb e‘lon qilishni taklif qildi.Ta‘lim sifatini oshirishda ma‘naviyatning o‘rni katta bu to‘g‘risida  Shavkat Mirziyoyev ―maktablarda ta‘lim sifatiga qanday e‘tibor bersak ma‘naviyatga ham shunday e‘tibor berishimiz kerak‖ deb aytganlar ma‘naviyat  kishilarning  falsafiy, huquqiy , ilmiy, badiiy, ahloqiy, diniy tasavvuralarini o‘z ichiga oladi. Ma‘lumki insonning tashqi va ichki olami mavjud.Tashqi olamda uning ko‘rinishi kiyinishi hatti-harakati va boshqalar kiradi ichki olamga esa uning yashashidan maqsadi fikr yuritishi orzu istaklari his tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonning  ana shu ichki olami,ruhi,qalbi ma‘naviyatdir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti  Islom karimov o‘zining ―Yuksak Ma‘naviyat –yengilmas kuch‖ asarida kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida alohida to‘xtalar ekan shunday degandi: ―Insonni uning ma‘naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki u ham bo‘lsa so‘z sa‘nati badiiy adabiyotdir‖. Inson hayvondan farqli nafaqat moddiy oziqada balki ma‘naviy ruhiy oziqaga ham muhtojlik  sezadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch asarida ―Xalqimizda yetishib chiqqan uning dunyoga ma‘rifatli millat sifatida tanilishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ijodkor xizmatiga matufakkir bobomiz Alisher Navoiyni quyidagicha ta‘riflaydi ―Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning shoiridir‖ bundan ko‘rinadiki ma‘rifat va ma‘naviyatga  sidqi dildan xizmat qilishning hosiyati beqiyosdir.Kitob ma‘naviyat xazinasidir  ma‘naviy yuksalishning eng samarali yo‘llaridan biri kitobga  oshno tutinish adabiy asarlar mutoalasiga ixlos qo‘yishdir.‖Ma‘naviyat maktabdan boshlanadi. Maktablarda ta‘lim sifatiga e‘tibor bersak ma‘naviyatga ham shunday e‘tibor berishimiz kerak‖ dedi Shavkat Mirziyoyev .Prezident o‘quvchilarning dunyo qarashi va iqtidorini oshiradigan turli yoshdagi sinflar uchun mo‘ljallangan ma‘naviyat kitoblari yaratish bo‘yicha tavsiya berdi. Mobil telefonning yaratilishi texnik taraqqiyotning haqiqiy inqilobidir.Ammo barcha texnik taraqqiyotning salbiy tomonlari ham bor, hozirgi kunda o‘quvchilar qo‘lidagi mobil telefonlar ularning sog‘ligi uchun ham zararlidir.Mobil telefondan chiqayotgan nur inson miya hujayralariga jiddiy ta‘sir qilib turli xavfli kasalliklarga duchor etadi. Ko‘pincha dars paytida ham o‘quvchi yigit qizlarning qo‘lida telefon ko‘ramiz.  Hozirgi kunda o‘smirlar telefondan ba‘zilari to‘g‘ri foydalana olishishmaydi.Mobil telefonda har-xil o‘yinlar, behayo sur‘atlar ko‘payib ketmoqda bu narsa o‘quvchining dunyo qarashiga salbiy ta‘sir ko‘rsatibgina qolmay, uning hayotini izdan chiqarishgacha olib keladi. Biz cheksiz internet imkoniyatlariga o‘rganib qolib, o‘z atrofimizdagi  voqealarga befarq qarayapmiz. Mobil telefonning tibbiyotda salbiy ta‘sirlari ham o‘rganilgan, masalan o‘smirlarda har kuni 15 daqiqa mobil telefonda gaplashishning o‘zi miyada saraton o‘smasi hosil bo‘lishi uchun yetarli ekan. Ta‘lim tarbiya jarayonini samaradorligini yanada oshirishni ta‘minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun, o‘quvchilarning mobil telefondan me‘yordan chiqmagan holda foydalanishini  ota-onalar va pedagog xodimlar birgalikda nazorat qilishlari shart. XX|-asr axborot texnologiyalar asri deb barchamiz bugungi kunda bor e‘tiborimizni telefonlarimiz uchun ajratmoqdamiz.Endi tug‘ilgan chaqaloq ham telefonning ovozini eshitganda yoki uni yoniga qo‘yganda tinchlanadi. Nima deb o‘ylaysiz buning  sababi nimada? Sharq  mamlakatlarida farzand tarbiyasi bilan asosan oilada ona shug‘ullanadi .Bu haqida  Sharq adabiyotining yetuk namoyondalari va allomalari ham alohida fikr bildirishgan.Abu Ali Ibn Sino bola tarbiyasi ba tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Uy-ro‘zg‘or tutish masalalari xususida ham so‘z yuritadi.O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo‘lgan ota-ona, tarbiyachi bo‘lishi mumkin. Ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatga bo‘lish va bolaga nasihat qilishdir. Berdaq-oilaning bola tarbiyasida muhim  o‘rin tutishini alohida ta‘kidlaydi,oila muhitida ota-onalar bilan bolar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina bola tarbiyasida yaxshi natijalarga erishishi mukinligini aytadi.O‘quvchi  ilm olishda ota-ona oilada birinchi namuna ,yo‘lboshchi bo‘lishi kerak .Bolaning dunyosi oiladan boshlanadi va o‘qish odati birinchi navbatda oilada payo bo‘ladi.Ota-onalar va ularning farzandlari qo‘lidagi yaxshi kitob bu- oilada o‘qish  muhiti va ma‘naviy birlik hukm surishi uchun yaxshi belgidir.Buning uchun ota ham ona ham kitob bilan do‘st bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bolaning o‘qish hayoti uchun oilaviy o‘qish alohida ahamiyatga ega.Voyaga yetgan odamning o‘qishini tinglash, u bilan kitob rasmlarini tomosha qilish, bolada faol o‘ylash  qahramonlar haqida qayg‘urish, voqealarni davomini kutish, o‘z tajribasi va boshqalarning tajribasi o‘rtasidagi aloqalarni farqlash va ularni bir-biriga bog‘lashni o‘rganadi.Birgalikda o‘qish ota-ona va bolani bir-biriga yaqinlashtiradi,ma‘naviy muloqotning noyob va quvonchli daqiqalarini rag‘batlantiradi. Asosiy maqsad sifatli ta‘lim va o‘quvchilar hayotida sog‘lom ma‘naviy muhitni shakllantirishdir.     FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR:   Мирзиѐев, Шавкат Миромонович 1.Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ /Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2016. -56 б. Мирзиѐев, Шавкат Миромонович
  1. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза, 2017 йил 14 январь. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2017.-104 б.
  2. 3. Karimov I.A. O‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat mafkura / I.A.Karimov; [nashr uchun mas‘ul K.Bo‗ronov]. – Toshkent: O‗zbekiston, 1996. – 20 sm. J. 1. – 364 b., [1] v. portr. – 10000 nusxa. – ISBN 5-640-02098-9 (muqovada).
  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin / I.A.Karimov; [nashr uchun mas‘ul K.Bo‗ronov]. – Toshkent: O‗zbekiston, 1996. – 20 sm. J. 2. – 380 b., [1] v. portr. – ISBN 5-640-02098-
  4. 5. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir / I.A.Karimov; [nashr uchun mas‘ul K.Bo‗ronov]. – Toshkent: O‗zbekiston, 1996. – 20 sm. J. 3. – 366 b., [1] v. portr. – ISBN 5-640-02097-0.
  5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‗lidan / I.A.Karimov; [nashr uchun mas‘ul K.Bo‗ronov]. – Toshkent: O‗zbekiston, 1996. – 20 sm. J. 4. – 176 b., [1] v. portr. – ISBN 5-640-02095-4.
7.Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi / I.A.Karimov. – Toshkent: O‗zbekiston, 1997. – 20 sm. J. 5. – 384 b., [1] v. portr. – ISBN 5-640-02234-5. 8.Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‗z qo‗limiz bilan quramiz / I.A.Karimov. – Toshkent: O‗zbekiston, 1999. – 20 sm. J. 7. – 413 b. – 10000 nusxa. – (Muqovada)