Uncategorized
Uncategorized
|
01/03/2019
Chop etish
AXBOROT XATI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

AXBOROT XATI

                        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F sonli Farmoyishi asosida Jizzax davlat pedagogika institutida 2019 yil 25 aprel kun “Millatlararo do‘stlik va qardoshlikni kuchaytirishda adabiyotning o‘rni va ahamiyati” mavzuidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Konferensiyaga Respublika Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyuushmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi va yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ta’lim muassasalaridan mutaxassis-olimlar, tadqiqotchilar hamda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan taniqli adib va olimlar taklif etiladi.

ANJUMAN YO‘NALIShLARI:

  • Adabiyotning umuminsoniy mohiyati va mushtarakligi
  • Adabiyotlarning o‘zaro aloqalari tarixi va an’analar bardavomligi
  • Badiiy tilda milliylik va baynalminallikning ifodalanishi
  • Adabiy asar va badiiy matnni o‘rganishda yangicha yondashuv va talqinlar

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki elektron  pochta manziliga jo‘natilishi talab etiladi; o‘zbek, rus va ingiliz tilida maqola, tezis matnlari hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi, A-4 format kattalikdagi qog‘ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, chap tomondan 3 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida yozilishi lozim. Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi. Ikkita bo‘sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, muassasa nomi ko‘rsatiladi. Ikkita bo‘sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo‘sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.

Anjuman ishida ishtirok etish shartlari:

  • anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnini yuborish muddati  2019 yil 1 aprelgacha;
  • badal to‘lov( har bir sahifa uchun 12000 so‘m).

– Maqola va tezislar materiallari to‘plam holida chop etiladi. Maqola, tezislarni tahrir qilish va saralashni tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga oladi. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.Tashkiliy qo‘mita manzili: Jizzax davlat pedagogika instituti – Jizzax shahri, Sh. Rashidov shoh ko‘chasi 4-uy, 3-qavat, 302-xona. O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi.

Tel:(+99890) 515-93-78,  (+99890)311-35-55. Elektron pochta: poshshoxon@inbox. uz, dilora2019@mail.ru


Ulashish:
1 352
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda
Navbatdagi uchrashuv Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining 1-bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...