Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/02/2026
Chop etish
Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nazm va navo kechasi” o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyi bugun mumtoz musiqaning haqiqiy shaydolarini bir davraga jam qildi, desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Badiiy kecha Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatri bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsudjon Abdullayevich Yuldashev ochib berdi. U o‘z nutqida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodining beqiyos ahamiyati, uning asarlari zamonlar osha barhayot ekanini ta’kidlab, Navoiy merosi yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishini alohida qayd etdi.

Kuni kecha respublika ko‘rik-tanlovlarida faol ishtirok etgan bir qator fidoyi tashabbuskorlar e’tirof etildi. Ular orasida JDPU xotin-qizlar maslahat kengashi Z.Kasimova ham «Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi» nominatsiyasi bo‘yicha 1-darajali diplom va sertifikat bilan taqdirlandi. Bugungi tadbir taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, universitet xotin-qizlar kengashi raisi Zumrad Kasimovani ushbu yutuq bilan tabriklab esdalik sovg‘alari va diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.

Shundan so‘ng ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy badiiy kecha boshlandi. Kechada O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatrining taniqli xonandalari va san’atkorlari, shuningdek, JDPU qoshida tashkil etilgan talabalar maqom ansambli ishtirok etdi.

Badiiy dastur davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari, maqom ohanglari hamda sahnaviy ko‘rinishlar yuksak mahorat bilan ijro etilib, tomoshabinlarga chuqur ma’naviy zavq ulashdi.

Mazkur “Nazm va navo kechasi” Navoiy merosini targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Ulashish:
2 768
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...