Ko‘ngli kemtik, mehrga muhtoj, jismonan nosog‘lom va nogiron bolalarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash doimiy va e’tibordagi ishlarimizdan biridir.
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti “madaniyat saroyi” da bo‘lib o‘tgan tadbir imkoniyati cheklangan iqtidorli bolalalarning rasmlar ko‘rgazmasi namoyishi bilan boshlandi. Yig‘ilganlar e’tirofiga yosh rassom Zulfizar Xalilova tomonidan taqdim etilgan tasviriy sa’nat namunalari sazovor bo‘ldi. BSP xastaligiga bolaligidan chalingan Zulfizarning chizgan suratlarini kuzatar ekansiz ranglar tasviri orqali mo‘yqalam sohibasining nozik didini his qilasiz. Yosh iste’dod sohibasi Zulfizar chizgan rasmlarida baxtli bolalik, musaffo osmon, go‘zal tabiat manzaralarini yorqin bo‘yoqlarda eks ettirgan bo‘lsa, landshaft usulidagi dizayn asosida yaratgan ishlari barchani hayratga soldi.“Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar inson manfaatlari qadrlanadigan mamlakatimizda yurtimiz egasi bo‘lgan yosh avlodga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik har jihatdan e’tirofga loyiq ekanini ta’kidladilar.Bugun Jizzax davlat pedagogika institutida 11 mingdan ziyod talaba yigit qizlarga 600 ga yaqin prfessor o‘qituvchilar ta’lim tarbiya berishadi. Ayni paytda oliygohda 100 nafardan ziyod imkoniyati cheklangan talabalar tahsil olishadi. Ularning orasida o‘z iqtidori bilan turli ko‘rik tanlovarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlarmiz ham bor.Jizzax davlat pedagogika instituti rektori A.Xolbekov tadbirda ijodiy mahorati, ixtirosi bilan qatnashgan, intiluvchan o‘quvchi yoshlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbir davomida ko‘ngli o‘ksik bolajonlarga ko‘rsatilgan mehr va e’tibor, ularning qalbiga shodlik olib kirdi deya ayta olamiz. Buni ularning kulib turgan yuzlari va zavqqa to‘lgan ko‘zlaridan sezib olish qiyin emas edi. Mehr va muravvatni tarannum etguvchi tadbirda Jizzax davlat pedagogika instituti badiiy jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish qilinib, bolalar va yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishlandi.O‘z navbatida imkoniyati cheklangan bolajonlar ijrosidagi Vatan, do‘stlik, tabiat haqidagi she’r, qo‘shiq va raqslar badiiy-musiqiy kechaga yanada fayz kiritdi. Tadbir so‘ngida Oliygoh va bir qator tashkilotlar jumladan Jizzax viloyat prokuraturasi, 25 nafar zukko, epchil, bilimdon o‘g‘il-qizlarga qiziqarli ertak kitoblar, sport anjomlari, o‘yinchoqlar taqdim etishdi. Bir so‘z bilan aytganda shu kuni Mitti dillar quvonchga to‘ldi! Tashkil etilgan tadbirning asl maqsadi ham shu edi.Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati