Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2023
Chop etish
«Qanday qilib yaxshi loyiha taklifini ishlab chiqish kerak?» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

JDPU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan O‘zbekiston Erasmus+ Milliy ofisi vakillari ishtirokida «Qanday qilib yaxshi loyiha taklifini ishlab chiqish kerak?» (“How to develop a good project proposal?”) mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘ayrat Qodirov ochib berdi. O‘zbekiston Erasmus+ Milliy ofisi loyiha menejerlari tadbir davomida Erasmus dasturining maqsad va vazifalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Seminarning asosiy maqsadi Erasmus loyihasi borasidagi xabardorlikni oshirish va 2024 yil uchun davom etayotgan Erasmus+ takliflarini ilgari surishdir.

Tadbirda Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston-Finlandiya instituti, Sambraham universiteti, Jizzax politexnika instituti o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida Erasmus+ Milliy ofisi vakillari dastur imkoniyatlari va tegishli yo‘nalishlar haqida; potensial talabnoma beruvchilar «Qanday qilib yaxshi loyiha taklifini ishlab chiqish kerak?» mavzusida ma’lumot almashdilar.

Shuningdek, oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) dasturi borasidagi arizalar qay tariqa taqdim etilishi va bu boradagi hamkorlarni topish bo‘yicha maslahatlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar Erasmus dasturi va unga qay tarzda ishtirok etish bo‘yicha bilimga ega bo‘ldi.


Ulashish:
1 230
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.