Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
03/06/2022
Chop etish
Diqqat e’lon!

Yaponiyaning “Goi tinchlik” jamg‘armasi (The Goi Peace Foundation) Yaponiya ta’lim, ma’daniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi YuNESKO ishlari bo‘yicha Yaponiya Milliy komissiyasi ko‘magida yoshlar o‘rtasida “Mening qadriyatlarim” (“My Values”) mavzusidagi eng yaxshi insho yozish xalqaro tanlovini o‘tkazmoqda.
Insho ingliz yoki fransuz tillarida 700 so‘zgacha hamda yapon tilida 1600 so‘zgacha bo‘lishi lozim.
Tanlov ishtirokchilari o‘z insholarini www.goipeace.or.jp veb-sahifasi va essay@goipeace.or.jp elektron pochta manzili orqali on-line tarzda taqdim etishlari kerak.
Insholarni on-line tarzda taqdim etish oxirgi muddati – 2022-yil 15-iyun.
Tanlovning bosh sovrini: 100 ming yen (taxminan 840 AQSh dollari) va esdalik sovg‘alari.
Mazkur insho tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tashkilotchilarning https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ rasmiy saytida tanishish mumkin.
Xalqaro hamkorlik bo’limi!

The Goi Peace Foundation (https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/)
International Essay Contest for Young People


Ulashish:
663
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...