Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/08/2026
Chop etish
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida universitetdagi o‘quv auditoriyalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar turar joylari hamda ulardagi mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport binolari, sport zallari va maydonlarining holati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Jarayonda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati, uning ish jarayoni hamda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


Ulashish:
987
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.
Germaniyaning Shtuttgart universitetida ilmiy-pedagogik stajirovka Xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professori Olima Xolmurodova hamda kafedra o‘qituvchisi Fotima Safarova Germaniya Federativ Respublikasining Shtutgart...