Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i polkovnik U.Sh. Toshxo‘jayev, Jizzax viloyati IIB huzuridagi Migratsiya va personallashtirish bo‘limi boshlig‘i polkovnik D.O. Norchayev, fakultet rahbariyati, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xorijga chiqish tartiblari, biometrik pasport olish va rasmiylashtirish jarayonlari, migratsiya sohasidagi amaldagi tartiblar hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.


Tadbir ochiq muloqot shaklida davom etib, talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Yakunda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
