Joriy yil 24-fevral kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda payshanba kunlarini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash tashabbusi ilgari surildi. Mazkur tashabbus rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan universitetning 1-2-sonli talabalar turar joylarida rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Dastlab talabalarga Ramazon oyi munosabati bilan iftorlikka osh tarqatildi.





Shundan so‘ng universitet rektori Yuldashev Maksudjon Abdullayevich boshchiligida prorektorlar va bo‘lim boshliqlari ishtirokida talabalar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida talabalar mavjud muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar.









Rektor barcha murojaat va takliflar yuzasidan ijobiy natijalarga erishilishini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar o‘rganildi.









Tadbir yakunida talabalar gulxan atrofida davra suhbatlari va madaniy hordiq tadbirlarini davom ettirdilar.

