Karera markazi
Karera markazi
|
20/02/2026
Chop etish
“Bitiruvchi – 2026”: Ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va ishga taqsimot.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv hamda yakuniy ishga taqsimot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda fakultet bitiruvchilari, universitet rahbariyati hamda viloyatdagi tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Haqberdi Hamzayev bitiruvchilarga kelgusi kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar, mas’uliyat va zamonaviy mehnat bozori talablari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, Jizzax viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i B. Norbo‘tayev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakili A. Fayziyev, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS)ning Jizzax viloyati filiali hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki AJ Jizzax filiali “Kelajakka qadam” dasturi mas’uli F. Nizomovlar bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, bandlik imkoniyatlari va tanlov tartiblari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tib, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlashtirish hamda ularni mehnat bozoriga samarali integratsiya qilishga xizmat qildi.


Ulashish:
2 342
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.