Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/05/2024
Chop etish
60 yosh muborak bo‘lsin ustoz.

«Jizzax davlat pedagogika unviyersitetida salkam 40 yil yosh avlodga ta’lim bergan, bor bilim va kuchini yoshlarning bilim salohiyati yuksalishiga sarflagan, ularning tarbiyasiga hamisha kamarbasta bo‘lgan, hamkasblari va shogirdlari tashvishini o‘zining tashvishidek qabul qilib, ularga doim har bir masalada nasihatgo‘y, yo‘lboshchi, sirdosh bo‘la olish bilan bir qatorda o‘zining ham 3 nafar farzandini el ko‘rsa havas qiladigan darajada tarbiyalay olgan, ustoz Shokir Nizomov hurmatga loyiq insondir»-deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Ayni vaqtda ustoz Fizika va texnologik ta’lim fakulteti Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

JDPU Fizika va texnologk ta’lim fakulteti tomonidan tashkil etilgan biley kechasiga ustozni muborak 60 yoshi bilan qutlash uchun uning shogirdalari, do‘stlari va hamkasblari taklif etilgan. Unda so‘zga chiqqanlar ustozning hayoti va faoliyati va qilgan xayrli ishlari haqida fikr bildirishdi. Tantanali tadbir “Talabalar ijodidan namunalar” rasmlar ko‘rgazmasi hamda “PODIUM” liboslar ko‘rgazmasi bilan davom etdi.


Ulashish:
1 167
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.