Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/11/2024
Chop etish
«Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat»
«Gender tenglikni ta’minlash va zo‘ravonlikka qarshi kurashish» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

JDPU Tabiiy fanlar fakultetida xotin-qizlar maslahat kengashi, Jizzax viloyat «Qalb nuri» markazi, «Milliy tiklanish» partiyasi Jizzax viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda «Gender tenglikni ta’minlash va zo‘ravonlikka qarshi kurashish» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax viloyat «Qalb nuri» markazi rahbari N.Alimova, «Milliy tiklanish» partiyasi Jizzax viloyat bo‘limi mutaxassisi R.Yunusova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Kasimovalar gender nima, gender tengligi haqida tushunchalar berib, mamlakatimizda gender zo‘ravonligiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar va chora-tadbirlar, gender va zo‘ravonlik muammolari o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida ma’ruzalar qilishdi.

Shuningdek, seminarda zo‘ravonlik va gender tengligi muammosini ijtimoiy sheriklikda bartaraf etish, gender tenglik hamda gender va zo‘ravonlikka oid qonunchilik bazasi haqida ham ma’lumotlar berildi.

Seminar o‘zaro fikr va mulohazalar, qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga «Qalb nuri» markazi mutaxassislari tomonidan mavzuga doir ma’lumotlarga boy bukletlar tarqatildi.


Ulashish:
930
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.