Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
Zominda yoshlar va ustozlar sayohati: tabiat bilan ruhiy uyg‘unlik.

15-16-noyabr kunlari Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari yana bir guruh ustozlar bilan Zomin tog‘larida dam olishdi.

Bu tashrif nafaqat dam olish, balki ishdagi kuch va ruhiy yangilanish manbai bo‘lmoqda. Har bir safar o‘ziga xos quvonch, iliq kayfiyat va yangi ilhom olib kelmoqda.

Ushbu ajoyib tashabbus universitet rektori Maqsudjon Abduallayevichning g‘oyasi asosida amalga oshirilmoqda. Universitet rektorining maqsadi – professor-o‘qituvchilarni ishdagi charchoq va stresslardan xalos qilib, tabiat qo‘ynida ruhiy yangilanish imkonini yaratishdir. Natijada, ustozlar nafaqat dam olib, balki ishga yanada katta ishtiyoq bilan qaytmoqdalar.

Sayohatlar davom etmoqda: har hafta shanba va yakshanba kunlari yana bir guruh ustozlar rahbariyat tashabbusi va universitet kasaba uyushmasi qo’mitasi sa’y-harakati bilan yana Zomin tog‘lariga yo‘l olishadi. Bu tashabbus, haqiqatdan ham, ilgari kuzatilmagan darajada ajoyib va foydali bo‘lib, har bir ishtirokchiga yangi hissiyotlar, kuch va motivatsiya bag‘ishlamoqda.

Shoshiling! Siz ham bu ajoyib sayohatchilar safida bo‘lib, tabiatning sehrli go‘zalligi va universitetimizning iliq ruhiy muhitidan bahramand bo‘ling.


Ulashish:
853
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...