Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/12/2024
Chop etish
Zamonaviy yopiq suzish havzasi professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ixtiyoriga berildi.
Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, yosh avlod vakillarini sportga jalb etish borasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida foydalanishga topshirilgan zamonaviy yopiq suzish havzasi fikrimizning yorqin dalilidir.

Bayramga munosib tuhfa bo‘lgan, universitetda loyiha qiymati 3.07  milliard so‘m hisobiga qurib bitkazilgan mazkur inshoot professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ixtiyoriga beriladi. Bu yerda 27 x 9 metr o‘lchamdagi suzish havzasi, murabbiylar va shug‘ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, tibbiyot va dezinfeksiya qilish uchun maxsus xonalar mavjud.

Faxriy ustozlar va  talaba yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh sportchilarning ota-onalari yangi sport inshooti, unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib  chiqishdi.


Ulashish:
1 187
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.