Ustoz qadri buyuk muallim
Ustoz qadri buyuk muallim
|
06/11/2024
Chop etish
Yangilik qilishga intilish – bu yuksak maqsadlar sari yo‘l olishdir.
Jabborov Sherzod Xoliqulovich. Dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. «Iste’dod» Prezident jamg‘armasi g‘olibi.
Hayotiy tamoyili: «Tinimsiz mehnat, harakat, qiyinchiliklar va sinovlar bizni o‘z maqsadlarimiz sari yetaklashi mumkin.»
JDPU haqida: «Yangilik qilishga intilish – bu yuksak maqsadlar sari yo‘l olishdir. Har bir yangi fikr, har bir yangi g‘oya, bizni muammolarni yechishga va o‘zimizni rivojlantirishga yaqinlashtiradi.»

Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti mamlakatimiz ta’lim rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadigan OTMdir. Uning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1974 yili 400 nafar talabani o‘z bag‘riga olgan bo‘lsa, hozirgi kunda 20 000 dan ziyod talabalar uchun ta’lim tarbiya berayotgan ulkan maskanga aylandi. Universitet yuqori malakali pedagog kadrlari tayyorlash orqali, mamlakatning ta’lim siyosatiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, talablarning ortishi va yangi pedagogik yondashuvlar, zamonaviy jihozlar, texnologiyalarning ta’lim jarayoniga singdirilishi universitetning keyingi rivojlanishini belgilaydi. Hozirgi kunda universitetda ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshayotgan ishlar, jumladan: universitetga xorijiy mutaxassislarning jalb qilinishi, universitet professor-o‘qituvchilarini xorijning yetakchi universitetlarida malaka oshirishlari va stajirovka o‘tab kelishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlari va amalga oshirayotgan ishlari mamlakatimizning aksar universitetlariga qaraganda ilgarilab ketganligini birgina Xorijiy tillar fakulteti misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Qisqa qilib aytganda Jizzax davlat pedagogika universiteti ta’lim va tarbiya uchun yangi ufqlarni ochishga tayyor, bu esa xavfsiz va barqaror kelajakni yaratilishiga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 050
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.