Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/09/2023
Chop etish
Viloyat rahbarlari Talabalar turar joyida bo‘lishdi.

Jizzax viloyati prokurori I.Ergashxo‘jaev , ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov  hamda universitet rektori Sh.Sharipov boshchiligidagi rahbarlar 1-sonli Talabalar turar joyida bo‘lishdi.

Tashrif  talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Oshxona, maʼnaviyat xonalari, kutubxona va sport maydonchalari ko‘zdan kechirildi. Muammo va kamchiliklar joyida o‘rganildi. Kerakli tavsiya va takliflar berildi. Talabalar turar joyiga rahbarlar va talabalar o‘rtasidagi ochiq muloqot yakun yasadi.

 

Suhbat davomida mehmonlar yoshlarga motivatsiya berish maqsadida o‘z talabalik yillarini hikoya qilib berishdi. Samimiy muloqot chog‘ida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi


Ulashish:
897
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.