Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 

I. Umumiy qoidalar

    • 1. Jizzax davlat pedagogika universiteti (keyingi o’rinlarda – Universitet) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-son «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori bilan tashkil etilgan. Universitet Jizzax davlat pedagogika institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
    • 2. Universitet davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo’shimcha (yoki faqat asosiy) ta’lim dasturlarini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-pedagogik va ilmiy-metodik va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.
    • 3. Universitet o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
    • 4. Universitet bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxasisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, Universitet shartnoma asosida ikkinchi va unday keyingi oliy ma’lumot olishni tashkil etadi.
5. Universitetda ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
    • – ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
    • – ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi).
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq muassasada ta’lim olishning boshqa shakllari ham joriy etilishi mumkin.
  • 6. Universitet yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida mol-mulkka egalik qiladi, ushbu mol-mulk bo’yicha o’z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o’z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.Mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning tegishli boshqarmalarida shaxsiy g’azna hisob raqamlariga, milliy va xorijiy valyutalaridagi bank hisob raqamlariga, o’z nomi davlat tilida ko’rsatilgan va O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, tegishli muhr, shtamp va o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan ramzlariga hamda revizitlarga egadir.
  • 7. Universitet o’z faoliyatini davlat xo’jaligi boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Universitet rasmiy nomi:

Davlat tilida: Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU)

Ingliz tilida: Jizzakh State Pedagogical University (JSPU)

Rus tilida: Джизакский Государственный педагогический Университет (ДГПУ)

Universitet joylashgan manzil:

130100, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko’chasi, 4-uy.

Universitet internet tizimida o’zining rasmiy www.jdpu.uz saytiga ega.

II. Universitetning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari

  • 8. Har tomonlama rivojlangan, Vatanni qadrlovchi, davlat va jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini his qiluvchi, mamlakat kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, qonunlarga so’zsiz itoat etuvchi hamda xalqaro ta’lim maydonida raqobatbardosh, yuqori malakali, zamonaviy iqtisodiyotning tegishli sohalari bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy maqsadi hisoblanadi.
  • 9. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • zamonaviy talablar, ilg’or xalqaro tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni taminlash;
  • iqtisodiyotning tegishli sohalari bo’yicha talabalarning fundamental, bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini taminlaydigan o’quv reja va dasturlar asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash;
  • ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, talabalarda tahliliy fikrlash va kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirishni taminlaydigan o’qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qo’llash;
  • fanlarni tanlash imkoniyatini taminlagan holda Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish, shu jumladan talabalar o’quv yuklamasi hajmini aniqlashning xalqaro shartli birliklarini (kreditlar) o’tkazish va jamlash tizimini qo’llagan holda o’quv jarayonini tashkil etish;
  • Muassasaning professor-o’qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash;
  • rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi talim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo’shma ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni, professor-o’qituvchilar va talabalar o’zaro almashinuvini faollashtirish;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, iqtisodiyotning tegishli sohalari hamda boshqa tashkilotlarda amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislarni talim jarayoniga keng jalb etish, ularning malakasini oshirishda samarali tizimni yaratish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi talim, tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini o’quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish jarayonlariga jalb qilish;
  • tegishli talim yo’nalishlari bo’yicha o’quv majmualarini, qo’llanmalarni yaratish va ularni o’quv jarayonlariga tatbiq etish;
  • xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo’yicha qo’shma talim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o’quv-talim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
  • respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
  • «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» axborot tizimida elektron o’quv dasturlar, darsliklar, ilmiy-tadqiqot ishlari, maqolalar, taqdimotlar, multmedia ta’lim mahsulotlari, ma’ruzalarning audio va video yozuvlari hamda boshqa kontentlarni joylashtirilishini tashkil etish.

Universitet kengashi qarori asosida:

  • a) oliy ta’lim muassasasida 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o’qituvchilarning nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o’tashi va malaka oshirishi;
  • oliy ta’lim muassasasida 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o’qituvchilarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o’qitish bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshirish;
  • b) oliy ta’lim muassasasi huzurida faoliyat yuritayotgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurilish, joriy va kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag’lar ajratish.
  • c) xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o’qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan pedagoglarini tayyorlash;
  • d) milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo’yicha ustuvorlikka ega bo’lgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliy hayotga tatbiq qilish;
  • e) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;
  • f) HEMIS platformasini yoki oliy talim tizimini avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, subektivlik va suiistemolchiliklardan xoli bo’lgan talim muhitini yaratish;
  • g) talabalarni manaviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo’yicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak manaviy-axloqiy fazilatlarni, korrupsiyaga murosasizlik tuyg’usini shakllantirish hamda rivojlantirish.

10. Universitet o’z vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • davlat talim standartlari asosida mamlakatda o’tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, iqtisodiyotning tegishli sohalari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;
  • huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga, kasbiy va pedagogik mahoratga ega yuqori malakali kadrlarni talim jarayoniga keng jalb etish bo’yicha choralarni ko’radi, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • o’quv jarayonini talim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion o’qitish usullarini qo’llagan holda umumetirof etilgan xalqaro talim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda iqtisodiyotning tegishli sohalari bo’yicha tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash qobiliyati va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan talim dasturlari asosida olib boradi;
  • talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, o’quv reja va dasturlar hamda o’quv-metodik materiallarni o’quv jarayonida qo’llaydi;
  • o’quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash, talabalar, o’qituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot va tablim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi;
  • professor-uqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirishni faqat o’quv tusdagi tadbirlarga asoslangan holda mustaqil amalga oshiradi hamda pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni rag’batlantiradi;
  • Universitet tomonidan o’tkaziladigan tadqiqotlar natijalarini o’quv rejalari va ta’lim dasturlariga joriy etish uchun pedagogika ta’lim sohasini ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg’or xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga yo’naltirilgan ilmiy va o’quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
  • tizimli asosda pedagog va ilmiy xodimlarni malakasini oshirish va stajirovkadan o’tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo’yicha yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi;
  • ijobiy xalqaro tajribani kengroq qo’llash, shu jumladan, talabalar o’quv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni o’tkazish va jamlash tizimini qo’llaydi;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va huquqni qo’llash amaliyotining o’zaro integratsiyasini ta’minlaydi;
  • o’qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirib, o’quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llaydi hamda o’quv bazasini takomillashtirib boradi;
  • rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo’shma ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni, professor-o’qituvchilar va talabalar o’zaro almashinuvini doimiy amalga oshirib boradi;
  • xorijiy hamkorlar bilan birgalikda pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlarini (double degree) mustaqil amalga oshiradi, o’quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qiladi;
  • falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlarini zamonaviy talablar, pedagogik fan va amaliyotning ustuvor yo’nalishlariga muvofiqligini ta’minlash bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • o’z oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida zamonaviy o’quv va moddiy-texnik bazani yaratadi, o’quv, ilmiy-tadqiqot bo’linmalarni, kafedralarni o’qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan ta’minlaydi;
  • O’zbekistonning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashda yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etish hamda rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi;
  • talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirish, tarbiyalashning turli shakl, usul va vositalari orqali talabalarni jamiyatning to’laqonli a’zosi, vatanparvar, vijdonan va halol mehnat qiluvchi, o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishi uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish, yoshlarda milliy g’urur, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg’ularini, ularning dunyoqarashini shakllantirish choralarini ko’radi;
  • ma’naviy qadriyatlar va milliy madaniyatni keng targ’ib qilish, kitobxonlarni ma’naviiy rivojlanishini ta’minlash, ularni milliy va jahon madaniyati durdonalariga qiziqishini oshirish hamda dunyoqarashini rivojlantirishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
  • Universitet xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun pedagogik ta’lim olish imkoniyatini kengaytiradi;
  • Universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o’quv mashg’ulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim muassasalarida amaliyot o’tash tartibida olib borilishini ta’minlaydi;
  • axborot-resurs markazini huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqgisodiy mazmundagi bosma va kitob mahsulotlari hamda o’quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, jumladan xorijiy adabiyotlar fondi, o’qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;
  • Universitetning budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan zamonaviy uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan fizika, kimyo, biologiya va texnologik ta’lim fanlari bo’yicha o’quv laboratoriyalarini tashkil etadi;
  • har yili ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o’qituvchilarini ushbu muassasalarning budjetdan tashqari jamg’armalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralarini ko’radi.

III. Universitetning talabalari, tinglovchilari va izlanuvchilari

  • a) Talabalar:
  • 11. Muassasada talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi. Universitetga qabul barcha uchun (grant, to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball to’plagan abiturientlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari ketma-ketligi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o’qishga qabul qilish o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikka binoan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq oliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar Universitetga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun to’lov-kontrakt (shartnoma) asosida o’qishga qabul qilinishlari mumkin.Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abiturientlar qabulini Universitet qabul komissiyasi amalga oshiradi. Qo’shma ta’lim dasturlari asosida kirish sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda to’lov-kontrakt kvotalari doirasida to’lov-kontrakt shartlarini bajargan abiturientlar o’qishga qabul qilinish huquqiga egadirlar. Universitet rektorining buyrug’i bilan o’qishga qaul qilingan shaxs muassasaning talabasi hisoblanadi.

12.Universitetning talabalari quyidagi huquqlarga ega:

  • fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
  • Universitet axborot resurs markazida mavjud bo’lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
  • bepul maslahatlar, tavsiyalar olish, o’quv auditoriyalari va ta’lim jarayoniga oid vositalardan o’rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
  • auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid vositalardan o’rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
  • ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o’z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirishga va ularni ko’rib chiqilishini talab qilish;
  • Universitet va fakultet miqyosida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
  • ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashishga va ularning natijalarini nashr etishga va bu haqda axborotlar berish;
  • Universitetning qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo’lish va ular ishida qatnashish;
  • o’qishdan tashqari vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va boshqa qonunchilikka zid bo’lmagan jamoat ishlarida ishtirok etish;
  • o’qishdan bo’sh vaqtlarida oliy ta’lim muassasasining o’zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlash;
  • Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo’yicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishish uchun zarur bo’lgan qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa huquqlardan foydalanish.
  • xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning har qanday ko’rinishidan himoyalanish va o’ziga nisbatan sodir bo’layotgan tazyiq va zo’ravonlik haqida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining (1006 ishonch telefoni yoki himoya otv bot) himoya tarmog’i orqali yoki huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilish;
  • Talaba o’z huquqlarini suiiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o’zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

13. Talabalarning majburiyatlari quyidagilar:

  • o’quv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni mustaqil egallash;
  • mazkur Ustav, Universitet ichki-mehnat tartib qoidalari, Odob-ahloq kodeksi, Talabalar turar joylari qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya qilish;
  • Universitet binolari va uning boshqa mol-mulkini asrab-avaylash, to’lov kontrakti bo’yicha majburiyatlarini o’z vaqtida bajarish;
  • Vataniga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli va yuksak ma’naviyatli mutaxassis bo’lib yetishish uchun fidokorona bilim olish, o’z kasbiy salohiyatini shakllantirish va takomillashtirish;
  • ta’lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy prinsiplariga, ma’naviy qadriyatlarimizga, qonun talablariga, o’zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalariga qat’iy amal qilish;
  • tanlagan ixtisosligi bo’yicha chuqur nazariy bilim olish, bo’lg’usi kasbi bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish;
  • tahsil olish jarayonida o’zida barcha masalalarni tizimli tahlil qilish va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishni o’rganib borish;
  • o’quv jarayoni talablariga bo’ysunishi, o’quv mashg’ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, dars mashg’ulotlari yakunlanmasdan avval ketib qolmaslik;
  • ta’lim jarayoni bilan bog’liq vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish, o’qituvchilarning fanni o’zlashtirish bilan bog’liq topshiriqlarini o’z vaqtida va talab darajasida bajarish, mashg’ulotlarga zarur o’quv qurollari bilan kelish;
  • tegishli kafedra va dekanat bilan mustahkam aloqada bo’lish, dekanat rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish;
  • bilimlarni egallashda tashabbus va g’ayrat ko’rsatish, loqaydlikka yo’l qo’ymaslik;
  • barcha bilan hushmuomalada bo’lish;
  • Universitet mol-mulkiga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo’lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazilgan taqdirda yetkazilgan zarar o’rnini o’rnatilgan tartibda qoplash, moddiy ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga ruxsatsiz olib chiqmaslik;
  • bino ichida, yo’laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
  • kiyinish madaniyatiga rioya qilish, xususan tashqi ko’rinishi va yomon hulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, ahloq-odob normalariga so’zsiz bo’ysunishi;
  • o’quv mashg’ulotiga kelmagan holatda (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan kechikmasdan bevosita o’zi yohud biriktirilgan tyutori orqali dekanatni tegishli ravishda, xususan yozma tarzda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini ko’rsatish;
  • xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bog’liq holda chet elga jo’nab ketishdan avval o’rnatilgan tartibda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining roziligini olish;
  • o’z ilmiy, ma’naviy-axloqiy, g’oyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor bo’lish;
  • o’quv intizomiga, Universitet kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o’zining majburiyatlariga rioya etish.
  • Talabalarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

14. Universitet hududida talabalarga quyidagilar ta’qiqlanadi:

  • alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilish;
  • milliy, irqiy, diniy adovatni targ’ib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ’ib qilish;
  • Universitet binolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yetkazish;
  • o’qish vaqtida Universitet ma’muriyati ruxsatisiz chet el davlatlariga borish.
  • 15. O’qish davrida o’quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan talabalar Universitetning budjetdan tashqari mablag’lari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga hamda Universitetning xorijiy hamkorlari bilan shartnomalari asosida yetakchi xorijiy talim muassasalariga talabalarning akademik almashinuvi doirasida o’qishga yuborilishi mumkin. Talabalarning akademik almashinuvini taminlash bo’yicha yetakchi xorijiy talim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Universitetda xorijiy mamlakatlarning talabalari ham o’z o’qishini davom ettirishi mumkin.
  • 16. Davlat grantlari bo’yicha va stipendiyali to’lov-kontrakt asosida o’qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar (xorijiy talabalar bundan mustasno).Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari va Universitetning maxsus stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar.
  • 17. Universitet talabalariga harbiy xizmatni o’tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug’ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar, turmush o’rtog’i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik ta’til berilishi mumkin. Ushbu ta’tilni berish tartib-qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3-iyundagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to’g’risidagi Nizomda belgilangan.
  • 18. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kunduzgi o’quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga oliy ta’lim muassasasida o’qish davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
  • 19. Universitetning talabalar turar joyi sig’imidan kelib chiqqan holda muhtoj talabalar, Universitet talabalar turar joylaridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joyi uchun to’lov talabalar turar joylarida kommunal-maishiy xizmatlar uchun to’lovlarni inobatga olib, Universitet Kengashi tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo’lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.
  • 20. Universitetdan chetlashtirilgan talaba Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o’qishga tiklanish huquqiga ega. Universitetning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o’qishlarini ko’chirish (o’qishga qayta tiklanish) huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo’lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo’limlar, o’quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni Universitetga o’qishini ko’chirish (o’qishga tiklash) taqiqlanadi. Talabalar o’qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • 21. O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o’qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
  • 22. Talaba o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda unga nisbatan hayfsan va talabalar safidan chetlashtirish intizomiy jazo choralari qo’llaniladi.

23. Talaba universitetdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

  • a) o’z xohishiga binoan;
  • b) o’qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirilishi munosabati bilan;
  • g) o’quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
  • d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
  • e) o’qish uchun belgilangan to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotganlar uchun);
  • j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
  • z) sud qaroriga ko’ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
  • i) vafot etganligi sababli.
  • 24. Belgilangan muddatlarda fanlarni o’zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo’lgan) talaba Universitet rektorining buyrug’i bilan kursdan-kursga qoldiriladi. Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to’lov-kontrakt asosida o’qishini quyi kursdagi o’quv semestri boshidan boshlashi mumkin. Universitetda kredit-modul tizimida o’qiyotgan talabalariga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonida kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to’g’risidagi Nizomning 8-bobi qoidalari qo’llaniladi.
  • 25. Universitet mamuriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 23-bandi «d» kichik bandiga ko’ra talabalarni o’qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi azosi bo’lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu Ustavning 23-bandi «v» kichik bandiga ko’ra chetlashtirilayotgan holda, talim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
  • 26. Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o’ziga qo’llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan Universitet rektoriga, Oliy va o’rta maxsus talim vazirligiga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat etishi mumkin. Talabaga nisbatan qo’llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig’ma jildida saqlanadi. Talaba Universitetdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig’ma jildda saqlanadi. Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki tatilda bo’lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti – harakat aniqlangandan so’ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so’ng olti oydan kechiktirilmay qo’llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik tatil yoki homiladorlik va tug’ish holati bilan bog’liq bo’lgan tatil paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini ko’rish taqiqlanadi. Talaba kasal bo’lganligi o’zi yoki uning ota-onasi tomonidan yozma ariza bilan bevosita dekanatga, odatda, uch kundan kechiktirilmasdan malum qilinadi va tibbiy malumotnomaning aslini taqdim etadi.

b) Tinglovchilar:

27. Muassasa huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy yoki tarmoq markazida o’qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o’qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

v) Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar:

28. Muassasada O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’ari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o’rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy talimdan keyingi talimda o’qiyotgan fuqaro tayanch doktorant va doktorant hisoblanadi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo’yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy talimdan keyingi talimda o’qiyotgan fuqaro mustaqil izlanuvchi hisoblanadi.Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni o’qitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

g) Universitetning professor-o’qituvchilari tarkibi, o’quv-yordamchi va ma’muriy-xo’jalik xodimlari (personali)

29.Universitetda professor-o’qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandis-texnik, ma’muriy-xo’jalik, ishlab chiqarish, o’quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud. Professor-o’qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi(assistent) va o’qituvchi-stajor lavozimlari kiradi. 30. Professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi «Oliy talim muassasalarida taim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3775-son qaroriga muvofiq tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o’tkazish natijalari bo’yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo’yicha amalga oshiriladi. 31.Universitetning professor-o’qituvchilari bilan mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilish amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

32. Professor-o’qituvchilar va ilmiy xodimlar quyidagi huquqlarga ega:

  • belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
  • Universitetning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
  • Universitetning axborot-resurs markazi, o’quv va ilmiy bo’linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo’limlar xizmatidan foydalanish;
  • o’qitishning uslub va vositalarini tanlash, o’quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • Universitet ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;
  • xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
  • nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
  • talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, xorijiy ilmiy loyihalar hamda xo’jalik shartnomalarida ishtirok etish;
  • darslik va o’quv qo’llanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olishni amalga oshirish;
  • tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtirok etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish;
  • ilmiy-innavatsion ishlanmalar yaratish va ularni tijoratlashtirish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish;
  • talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • xorijiy yetakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etish;
  • O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

33. Professor-o’qituvchilar va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim to’g’risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, Universitet Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq kodeksi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga qat’iy rioya qilish;
  • o’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o’qituvchilik sha’niga dog’ tushirmaslik;
  • ish jarayonida muloqot qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo’lish;
  • ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o’quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish, xususan: – o’quv yuklamalari hajmini, o’quv-uslubiy, ilmiy, o’quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy – reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
  • ilmiy-tadqiqot natijalari bo’yicha darslik, o’quv qo’llanma tayyorlash, o’quv adabiyot, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o’tkaziladigan tadbirlarda qatnashish;
  • Universitet kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedrada bajariladigan ilmiy mavzularda ishtirok etish;
  • o’z malakasini muntazam ravishda oshirish;
  • mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;
  • Universitetning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
  • ish beruvchiga bevosita o’zining aybi bilan yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;
  • Universitet jamoatchilik ishlarida qatnashish;
  • pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
  • zamonaviy sivilizatsiya va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan yo’nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo’lgan qobiliyatni shakllantirish;
  • chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish asosida kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilishi;
  • ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, tizimli tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatni shakllantirish;
  • «Ustoz-shogird» tizimida ishtirok etib, o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
  • o’zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o’rnak bo’lish;
  • kiyinish madaniyatiga rioya etish;
  • tasdiqlangan Jizzax davlat pedagogika Universiteti ichki tartib qoidalariga so’zsiz rioya qilish;
  • respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro’y berayotgan yangiliklardan xabardor bo’lish;
  • Universitet, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
  • o’zi o’qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
  • darslarni yuqori saviyada o’tish;
  • fan yo’nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
  • har o’quv yili boshlangunga qadar, o’zi o’qitadigan fan(lar)ning ishchi o’quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlatish;
  • reyting tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish;
  • talabalar bilimini xolisona baholash;
  • yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash;
  • ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
  • talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • o’zining mutaxassisligi bo’yicha ishlab chiqarish korxonasi va muassasalarda mavjud muammolar haqida ma’lumot va tasavvurlarga ega bo’lishi hamda ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolarning yechimiga oid tadqiqot mavzusiga ega bo’lishi;
  • olib borayotgan tadqiqot mavzusi asosida o’z yoki ham mualliflikdagi ishlanma va texnologiyalarga ega bo’lishi;
  • respublika ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science, Science direct, Thomson reuters kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida maqolalar chop etib borish;
  • mutaxassisligi bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida tegishli muddatlarda malaka oshirib borishi yoki stajirovkadan o’tishi;
  • oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
34. Universitet professor-o’qituvchilari va xodimlarining chet el xizmat safarlari xarajatlari Moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi xizmat safari xarajatlari me’yorlari asosida amalga oshiriladi. 35. Universitetning professor-o’qituvchilari tarkibi uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi. 36. Universitetning ma’muriy-xo’jalik, muhandislik-texnika, o’quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq kodeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va lavozim yo’riqnomalari bilan belgilanadi.

IV. O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar

37. Universitet quyidagi yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim dasturlari asosida quyidagi ta’lim turlarini o’qitishni amalga oshiradi:

  • oliy ta’lim;
  • oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
  • qo’shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish).
  • Universitet oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. Muassasada, umumiy o’rta (o’n bir yillik ta’lim), o’rta maxsus (to’qqiz yillik tayanch o’rta va ikki yillik o’rta maxsus ta’lim), boshlang’ich professional ta’lim (to’qqiz yillik tayanch o’rta va ikki yillik boshlang’ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek, «Ta’lim to’g’risida»gi O’RQ-637-son Qonun kuchga kirguniga qadar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to’qqiz yillik umumiy o’rta va uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot oladi. Universitetda ta’limning asosiy dasturlari quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: bakalavriat va magistratura. Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalar beradigan, o’qish davomiyligi kamida 3 (uch) yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir. Universitetda oliy ta’limning bakalavr yo’nalishlari bo’yicha pedagogik kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) shakllarda amalga oshirilishi mumkin. «Maktabgacha ta’lim», «Musiqa madaniyati», «Jismoniy madaniyat», «Texnologik ta’lim», «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» va «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlash o’qish muddati 3 (uch) yil bo’lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshiriladi. Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi natijasi asosida ta’lim yo’nalishi bo’yicha «Bakalavr» darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo’yicha o’qish davomiyligi kamida 1 (bir) yil bo’lgan oliy ta’limdir. Magistratura dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakuni natijasi asosida muayyan mutaxassislik bo’yicha «Magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki tanlangan ta’lim yo’nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o’qishni davom ettirish huquqini beradi.
  • 38. Universitetda ta’lim jarayoni tashkil etish, Universitet tomonidan ishlab chiqilgan va kasbiy standartlar asosida tasdiqlangan o’quv rejalar, o’quv dasturlari, malaka talablari, universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o’quv jadvali hamda mashg’ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi. Ta’lim jarayonini maqsadli yo’naltirish yo’li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo’li bilan Universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o’zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim. Ta’lim va tarbiyaning birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv reja va fan dasturlari asosida ta’minlanadi.
  • 39. Universitetda o’quv mashg’ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, vebinar, malakaviy amaliyot (4+2), bitiruv malakaviy ishi, IPI, ITI, stajirovka hamda magistrlik dissertatsiyasi. Auditoriya mashg’ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O’quv mashg’ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo’ladi.Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o’zbek, rus va qozoq tillari hisoblanadi.
  • 40. Universitetda kadrlarni tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda olib boriladi. Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o’rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan davlat ta’lim standartlari va malaka talablari qo’llaniladi.
  • 41. Universitetda o’quv yili ikki semestrga bo’linadi va uning har birida talabalarning o’zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.O’zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o’tkazish fakultet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli ravishda o’tkazish man etiladi. Muassasaning ta’lim dasturlarini o’zlashtirish, Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi Nizom (ro’yxat raqami 3069, 201 8-yil 26-sentabr) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to’g’risidagi Nizomiga muvofiq tartibga solinadi. Universitetda yakuniy davlat attestatsiyasi O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risidagi Nizomga (ro’yxat raqami 1963, 2009 yil 5 iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
  • 42. Universitetda ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo’llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.
  • 43. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim: Universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’lim Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari ro’yxati»ga muvofiq Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati asosida stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik orqali amalga oshiriladi. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga oid munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to’g’risida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risida Nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi 606-son qarori bilan tartibga solinadi.
  • 44.Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni (O’zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bundan mustasno) oliy ta’limdan keyingi ta’lim Universitetiga o’qishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalarga muvofiq to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
  • 45.O’zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar oliy ta’limdan keyingi ta’lim Universitetlariga o’qishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.
  • 46. Universitet tomonidan budjet mablag’lari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj bo’lgan yo’nalishlariga izlanuvchining to’lov-kontrakt mablag’lari hisobidan qo’shimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin. To’lov-kontrakt summasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
  • 47. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida»gi PF-5789-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi «Oliy ta’im muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 797-son qaroriga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.

Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi:

  • fan, texnika va madaniyatning muhim yo’nalishlari bo’yicha fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarni bajarish uchun ajratiladigan davlat budjeti mablag’lari;
  • shartnoma asosida sohaviy vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va boshqalar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar mablag’lari.

V. Universitetning tarkibi

48. Universitetning tuzilmasiga Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga (ro’yxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) muvofiq hamma rekvizitlarga ko’ra Universitet tuzilmasiga belgilangan tartibda qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish mumkin bo’lgan fakultetlar, kafedralar, ilmiy va o’quv laboratoriyalari, boshqarmalar, bo’limlar, markazlar va muzeylar kiradi.

a) Fakultetlar:

T/r Nomi
1 Matematika va informatika
2 Xorijiy tillar
3 Pedagogika va psixologiya
4 Maktabgacha ta’lim
5 Fizika va texnologik ta’lim
6 Tarix
7 Tabiiy fanlar
8 O’zbek tili va adabiyoti
9 Boshlang’ich ta’lim
10 Musiqa madaniyati
11 Rus tili va adabiyoti
12 Jismoniy madaniyat
13 Tibbiyot fakulteti

Fakultetlararo umumta’lim kafedralari:

T/r Nomi
1 Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim
2 Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim
3 Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy ta’lim
4 Pedagogika-psixologiya va musiqa yo’nalishlarida masofaviy ta’lim

b) Kafedralar:

T/r Nomi
1 Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi
2 Umumiy matematika kafedrasi
3 Informatika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
4 Ta’limda axborot texnologiyalari kafedrasi
5 Kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
6 Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi
7 Biologiya va uni o’qitish metodikasi kafеdrasi
8 Fiziologiya va ekologiya kafedrasi
9 Matematika o’qitish metodikasi
10 O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi
11 O’zbek tili o’qitish metodikasi kafedrasi
12 O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi
13 Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
14 Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi
15 Tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
16 Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi
17 Texnologik ta’lim kafedrasi
18 Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
19 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi
20 Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi
21 Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi
22 Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

b) Kafedralar:

T/r Nomi
23 Tabiiy fanlarda chet tillar kafedrasi
24 Ijtimoiy gumanitar fanlarda chet tillar kafedrasi
25 Rus adabiyoti va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
26 Rus tili va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
27 Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
28 Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi
29 Pedagogika ta’lim nazariyasi kafedrasi
30 Umumiy pedagogika kafedrasi
31 Maxsus pedagogika kafedrasi
32 Umumiy psixologiya kafedrasi
33 Maktab menejmenti kafedrasi
34 Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
35 Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya kafedrasi
36 Musiqa ta’limi kafedrasi
37 Vokal va cholg’u ijrochiligi kafedrasi
38 Umumkasbiy fanlar kafedrasi
39 Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi
40 Pedagogika-psixologiya va musiqa yo’nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi
41 Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi
42 Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi

v) Ma’muriy boshqarma, bo’lim, akademik litsey va texnikumlar:

T/r Nomi
1 O’quv-uslubiy boshqarma
2 Magistratura bo’limi
3 O’quv-uslubiy ta’minot bo’limi
4 Registrator ofisi
5 Sirtqi bo’lim
6 Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
7 Axborot-resurs markazi
8 Marketing va dual ta’lim bo’limi
9 Fakultetlararo umumta’lim kafedralari
10 Malakani baholash markazi
11 Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturlarlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim
12 Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
13 Talabalar turar joyi
14 Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’lim
15 Psixolog
16 «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi
17 Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi
18 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
19 Tahririy-nashriyot bo’limi
20 Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’limi
T/r Nomi
1 Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi
2 Reja-moliya bo’limi
3 Buxgalteriya
4 Texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi
5 O’qitishning texnik vositalari bo’limi
6 Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi
7 Bosh energetik
8 Bosh muhandis
9 O’quv amaliyoti bazasi
10 Bosh auditor
11 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi
12 Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi
13 Xalqaro hamkorlik bo’limi
14 Xodimlar bo’limi
15 Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi
16 1 va 2-bo’limlar
17 Devonxona va arxiv
18 Devonxona va arxiv
19 Matbuot kotibi
20 Yuridik xizmat

49. Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga va mustaqil balansga ega bo’lgan quyidagi tashkiliy tuzilmalar Mirzacho’l agrosanoat texnikumi, G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumi va Akademik litsey faoliyat yuritadi.

VI. Universitetni boshqarish

50. Universitetni boshqarish O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va oliy ta’lim muassasasining Kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg’unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.

51. Jizzax davlat pedagogika Universitetini bevosita boshqarish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining tavsiyasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Universitet rektori tomonidan amalga oshiriladi. Rektor oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga, shuningdek, Universitetning Ustavi, Ish reglamenti, Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq kodeksi, Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to’la mas’uldir. Rektor O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko’ra, Universitet nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, Universitetning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida oliy ta’lim muassasasi-Universitetning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag’lardan o’rnatilgan tartibda foydalanish bo’yicha farmoyishlar beradi.

Universitet rektori vakolati doirasida:

  • Universitetning professor-o’qituvchilari, barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
  • fakultet dekanlari, bo’lim va boshqarma boshliqlari, bosh hisobchini lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi va ularning muayyan vazifalari, mas’uliyatlarini belgilaydi;
  • texnikumlar faoliyatidagi ishning tashkil etilishi ustidan o’z yo’nalishlari bo’yicha prorektorlar kuratorligi-rahbarligi vazifalarini belgilaydi;
  • Universitet prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari xamda mas’uliyatlarini belgilaydi;
  • Universitet xodimlari bilan O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
  • Universitet tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo’linmalarning vazifalarini belgilaydi, ular to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
  • Universitet xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar va qo’shimchalarni o’rnatilgan tartibda belgilaydi;
  • kasaba uyushma qo’mitasi yoki Universitetning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki mehnat tartibi qoidalari va Odob-ahloq kodeksini tasdiqlaydi;
  • Universitetda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag’lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan Universitet xodimlarining soni va lavozim maoshlari, ta’rif setkasi doirasida Universitet professor-o’qituvchilari tarkibi va Universitetning boshqa xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;
  • Universitet Kengashining tavsiyasiga ko’ra o’rnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi. Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi to’g’risida namunaviy Nizom talablaridan kelib chiqqan holda Universitet Kengashining tavsiyasiga ko’ra, kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.
  • O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi hamda ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha qonun xujjatlariga muvofiq va vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlaydi.
Universitet rektoriga o’zi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasi va undan tashqarida haq to’lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy – metodik rahbarlikdan tashqari) o’rindoshlik bo’yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o’z vazifalarini o’rindoshlik bo’yicha bajarishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi «Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PQ-4391-son qaroriga muvofiq Universitet prorektorlari rektor tavsiyasiga ko’ra Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda: yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimiga nomzod O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi; ilmiy ishlar va innovatsiyalar buyicha prorektor lavozimiga nomzod O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi. Fakultet dekani Universitet rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 52. Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq Universitet faoliyatining asosiy masalalarini ko’rish uchun Kengash tashkil etiladi. Kengash tarkibi rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Rektor, prorektorlar lavozimiga ko’ra Kengash tarkibiga kiradi. Kengashga saylanadigan a’zolar soni rektor buyrug’i bilan belgilanadi va ular fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy bo’linma rahbarlari, professor-o’qituvchilar orasidan saylanadi. Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasining Kengashi to’g’risida namunaviy Nizom bilan belgilanadi.

53. Muassasada falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati tashkil etilishi mumkin.

VII. Jamoat tashkilotlari

54. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq muassasada samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining muassasadagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o’qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari:

  • ta’lim sifati, professor-o’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o’rnatish;
  • Universitetga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo’yicha tavsiyalar berish;
  • talabalarning murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to’liq o’rganish maqsadida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
  • Universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.

55. Universitetda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Professor-o’qituvchilar va xodimlarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning muassasada saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida o’z ish faoliyatini olib boradi.

Talabalar va xodimlar vakolatli organlarining huquqlari va ularga nisbatan oliy ta’lim muassasasi – Universitet ma’muriyatining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko’maklashish;
  • xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari bilan maslahatlashish, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ xujjatlarda ko’rsatilgan hollarda esa, ularning roziligini olish;
  • xodimlar vakillik organlarining takliflarini o’z vaqtida ko’rib chiqish va qabul qilingan qarorlar haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish;
  • xodimlarning vakillik organlari a’zolarini korxonaga, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz qo’yish;
  • xodimlarning vakillik organlariga mehnat, Universitet faoliyati masalalariga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish;
  • xodimlarning vakillik organlariga o’z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;
  • xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Amaldagi nizomlarga muvofiq Universitetda ilmiy innovatsion va ixtiyoriy jamiyat va markazlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin.Rektorat va Kengash o’z faoliyatida Universitet jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko’rib chiqadi va o’z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.

VIII. Universitet fakultetlari

56. Universitet fakultetlarini rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi. Dekan lavozimida ishlovchi shaxs mustaqil shtat lavozimida ishlovchi shaxs hisoblanadi va uning o’rindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi. Fakultet dekani o’z faoliyatida mazkur Ustavga, «Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risidagi Nizom»ga amal qiladi. «Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin. Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi «Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to’g’risida»gi Nizom bilan belgilanadi. Kafedra faoliyatiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida Universitetning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi. Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatiniig tartibi «Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi.

IX. Moliya-xo’jalik faoliyati va moddiy-texnik baza

57. Universitetga «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida muddatsiz foydalanish sharti bilan davlat tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo’lgan mulklar tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda belgilangan tartibda biriktirilgan. Universitet mustaqil balans yuritadi va asosiy vositalariga egalik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari ixtiyoridagi yer maydonlarini tasarruf etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi. Universitetga ajratilgan yer uchastkalari muddatsiz va beg’araz (tekin) foydalanish uchun biriktirilgan. 58. Universitetga jismoniy va yuridik shaxslardan sovg’a, hadya yoki vasiyat bo’yicha berilgan pul mablag’lari, mol-mulk va boshqa mulkiy ob’ektlarga, Universitet faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual mulk va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o’z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’ektlarga egalik qilish huquqi berilgan. 59. Universitet mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko’rsatish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 08 apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq Universitet o’zi egalik qiladigan ijaraga berilishi qonun xujjatlariga zid bo’lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulklarni tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo’yicha ijaraga berishi mumkin. Ijara haqi sifatida olingan mablag’larning tegishli qismi Universitetning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.

Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari;
  • bakalavriat va magistratura talabalarini to’lov-kontrakt shakli asosida o’qitishdan tushadigan mablag’lar;
  • xorijiy fuqarolarni to’lov-kontrakt shakli asosida o’qitishdan Universitet valyuta hisob raqamiga tushadigan xorijiy valyuta mablag’lari;
  • Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari;
  • O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida o’tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag’lar;
  • pullik kurslarni tashkil etish va boshqa turdagi xizmatlarni ko’rsatishdan tushadigan barcha mablag’lar;
  • xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari;
  • Universitet faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy, o’quv va boshqa innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek Universitetning mol-mulkini ijaraga berishdan, shartnoma asosida qonun hujjatlarida ruxsat berilgan xizmat ko’rsatish orqali tushgan mablag’lar;
  • qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa mablag’lar.
60. Universitetning asosiy faoliyatidan cheklanmagan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Universitet shug’ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak. Universitet o’z mulki bilan xo’jalik yurituvchi subektlar, jamiyatlar va shirkatlarning ustav jamg’armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy to’lovlardan so’ng qolgan daromadni tasarruf etish huquqiga ega. Muassasa pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatish budjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o’rniga amalga oshirish mumkin emas. Universitet O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo’lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo’yicha masalalarni mustaqil hal qiladi. 61.Universitetda lavozim maoshlari «Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida»gi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Universitet xodimiga lavozim maoshi, o’z funksional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to’lanadi. Qo’shimcha maosh, ustama, moddiy yordam va boshqa moddiy rag’batlantirish tadbirlarining hajmini Universitet mustaqil, ish haqi fondi doirasida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995-yil 20-sentabrdagi 177-sonli «Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus fondi to’g’risida»gi Nizom hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 517-sonli Qaror bilan tasdiqlangan «Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan moddiy rag’batlantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomlarida nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.

62. Universitetda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur bo’lgan xonalarni ajratadi. Universitetda talabalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tibbiyot tayanch maskani, umumiy ovqatlanish tuzilmasi (oshxona, bufet) talabalarga xizmat ko’rsatish quvvatida qurilib faoliyati tashkil etiladi. Ushbu ob’ektlar isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan ta’minlanadi. Umumiy ovqatlanish tuzilmasi (oshxona, bufet) ob’ektlarida talabalarni imtiyozli narxlarda ovqatlantirish tashkil etilishi bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi tavsiyasiga asosan 50 foizgacha imtiyozli narxlarda xizmat ko’rsatiladi. Universitet oshxona va bufetlarini tashkil etishdagi ijaraga berilgan mol-mulkni ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag’lar elektron savdo maydonchasi operatori to’lovini chegirib tashlagan holda, to’liq hajmda Universitetning rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi. Universitetda tegishli binolarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda davlat budjeti va budjetdan tashqari (to’lov-kontrakt) mablag’lar hisobidan hamda davlat xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.

X. Xalqaro hamkorlik

63.Universitet O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son qarori va 2019-yil 8-oktabrdagi «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg’armalar va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o’rnatish huquqiga ega. Universitetda chet el fuqarolarini o’qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasi ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning ta’limini boshqarish bo’yicha tegishli organlari o’rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, Universitetning xorijiy davlatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg’armalar va boshqa tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari (bitim, memorandumlari), chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

64. Universitet O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining 67 va 68-moddalariga muvofiq quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi:

  • ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
  • qo’shma fakultetlar, o’quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
  • xalqaro darajadagi birgalikda ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;
  • hamkorlikda fundamental hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
  • ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o’tkazish;
  • talabalar, magistrlar, pedagoglar va ilmiy xodimlar almashinishini hamda stajirovka o’tashlarini amalga oshirish;
  • qo’shma dasturlar va halqaro shartnomalar asosida ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlar.
65.Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 66. Universitet O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega. 67. Xorijiy oliy ta’lim muassalari bilan hamkorlik shartnomalari asosida qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha kadrlar tayyorlash. Bunda, xorijiy oliy ta’lim muassalarining hamkorlik shartnomalarida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. 68. Universitetning tashqi iqtisodiy faoliyatd an tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoan uning Ustavida belgilangan faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.

69. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 5 martdagi «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to’g’risida»gi PQ-2142-sonli qaroriga asosan Universitet rektori Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuboriladi.

XI. Yakuniy qoidalar

70. Universitet va uning mansabdor shaxslari O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilar uchun javobgar bo’ladi:

  • ta’lim jarayonida o’quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari xajmini to’liq bajarmaganligi;
  • ta’lim jarayoni vaqtida Universitetda talabalar, tinglovchilar, doktorantlar, pedagoglar va boshqa xodimlarining hayoti va sog’ligi xavfsizligini ta’minlamaganligi;
  • ta’lim oluvchilar, Universitet pedagoglari va xodimlarining huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining buzilganliyurigi holatlari;
  • O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa noqonuniy xatti-harakatlar uchun.
71. Universitetni qayta tashkil etish va tugatish O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Universitetning Ustaviga o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritish Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyrug’iga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 72. Mazkur Ustav O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyrug’i bilan tasdiqlangandan so’ng, o’rnatilgan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkaziladi va kuchga kiritiladi.