Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/12/2024
Chop etish
Ustoz Abdujabbor Usmonov 70 yoshda.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Abdujabbor Usmonov Abdujabbor 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmalari qo‘mitasi sovg‘asi topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda ustozning shogirdlari, do‘stlari ishtirok etdi.

– Bugungi e’tirofdan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi, – deydi A.Usmonov. – Ustozlik juda mashaqqatli shu bilan sharafli kasb. Shogirdlarim ko‘p. Keyingi yillarda o‘qituvchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor ko‘nglimni tog‘dek ko‘taradi. Nasib etsa, biz tarbiyalayotgan yoshlar kelajakda bunday imkoniyatlardan unumli foydalanadi va haqiqiy pedagog degan nomga loyiq bo‘ladi.

Tadbirda Abdujabbor Usmonovning ko‘p yillar davomida oliygohda amalga oshirgan ishlari, xizmatlari haqida so‘z yuritildi.Tadbir so‘ngida esdalik sovg‘alari va diplom tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
654
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.