Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/11/2024
Chop etish
Universitetda mutaxassislar ishtirokida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kuz-qish mavsumida havo harorati keskin sovishi natijasida aholining isitish vositalariga bo‘lgan talab oshgani sayin turli ko‘ngilsiz hodisalar, ya’ni yong‘inlar sodir bo‘lishi kuzatiladi.
Joriy yilning 15 noyabrdan- 15 dekabriga qadar Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilindi.Jizzax viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Jizzax Davlat Pedagogika universiteti hamkorligida har bir fakultetda  yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, ommaviy ovqatdan va is gazidan zaharlanish kabi holatlarni oldini olish maqsadida, «Yong‘in xavfsizligini oldini olish” va “Botulizm-xavfli kasallik” mavzusida seminarlar tashkil qilindi.

Tadbirda turli xil qo‘lbola yasalgan isitish vositalaridan foydalanmaslik, yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmasliklari yuzasidan tushunchalar berildi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi, o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar jarayonida mavzuga doir eslatmalar tarqatildi.

Shuningdek, ushbu tadbir davomida binoda mavjud birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganligi, binoda yong‘in sodir bo‘lganda ishchi va xodimlarning harakatlanish chizmasining to‘g‘ri joylashtirilganligi, universitet binosi va talabalar yotoqxonasi binosining isitish qozonxonalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.


Ulashish:
733
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.