Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/10/2022
Chop etish
Til millat ko‘zgusi.

JDPU da Til bayramiga bag‘ishlangan tadbir ana shunday nomandi.

«Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqidan.

Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘ldi. Xo‘sh, mana shu davr mobaynida o‘zbek tilining haqiqiy jozibasi, uning go‘zalligini dunyoga tanitish uchun qanday ishlar amalga oshirildi? Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgna ma’naviy-ma’rif tadbir ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.

 

 

 

Unda so‘z olganlar O‘zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibadorligi, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini ta’kidlashdi. O‘qilgan har bir satr va misralarda tilga bo‘lgan hurmat va e’tibor tarannum etildi.  Til bayramiga bag‘ishlangan ochiq muloqot oliygohning iqtidorli talabalaridan tuzilgan musiqiy jamoa xususan E.Lutfullaev nomidagi talabalar maqomchilar ansambli va iqtidorli yoshlar tomonidan tashkillashtirilgan konsert dasturi bilan davom etdi.


Ulashish:
1 392
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...