Bo’limda 20 ta mutaxassizliklar mavjud:
70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Matematika)
70110602 – Ta’limda axborot texnologiyalari
70110801 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Kimyo)
70110901 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya)
70111001 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya)
70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi
70110401 – Maxsus pedagogika, defektologiya (Mutaxassisliklar bo’yicha)
70110201 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)
70111101 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix)
70110501 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim)
70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha)
70112101 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)
70111801 – Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo’yicha)
70111501 – Ona tili va adabiyoti (Tillar bo’yicha)
70111401 – O’zbek tili va adabiyoti
70111301 – Musiqa ta’limi va san’at
70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi
70112301 – Тa’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnalogik ta’lim)
70110102 – Pedagogika va psixologiya
70110701 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)
Magistratura bo’limi boshlig’i
Yarmatov Raximboy Baxromovich
Faoliyati: 2020-yil avgustdan
Telefon: +(99894) 340 00 06
Email: r.b.yarmatov@gmail.com
Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00
Jizzax davlat pedagogika institutida 2003-2004 o’quv yilidan boshlab Magistratura bo’limi ish boshladi va 5 ta yo’nalish bo’yicha magistrantlar qabul qilingan.
5 A 140201 – Fizika
5 A 140301 – Kimyo
5 A 140401 – Biologiya
5 A 140601 – Tarix
5 A 141101 – O’zbek tili
Ma’lumki, keyingi 3 yil davomida Jizzax DPIga dastlab 2017-2018 o’quv yili uchun 4 ta magistratura
mutaxassislikga (aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika, biologiya) – 8 nafar,
Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo’yicha) – 4 ta, Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o’qitish
metodikasi – 4 ta, jami 16 nafar, 2018-2019 o’quv yili uchun 13 ta mutaxassislikga 82 nafar magistrant,
2019-2020 o’quv yili uchun 18 ta mutaxassislikga 209 nafar magistrant, 2020-2021 o’quv yili uchun 18 ta
mutaxassislikga 350 nafar magistrant, 2021-2022 o’quv yili uchun 20 ta mutaxassislikga 921 nafar
magistrant o’qishga qabul qilingan. Bugungi kunda 20 ta magistratura mutaxassislikga 1-2-kurs kesimida
jami 1270 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Ushbu magistratura mutaxassisliklarida 25 ta mutaxassislik kafedralari rahbarligida magistrantlarning
o’quv va ilmiy tadqiqot faoliyati olib bormoqda. Xozirgi kunda Magistratura bo’limida
mutaxassisliklarida dars beruvchi professor o’qituvchilarning barchasi ilmiy darajali, ilmiy unvonga ega
bo’lgan malakali o’qituvchilar.
O’ralov Аnvar Аbdumalikovich
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +(99894) 577 65 14
Dushaboev Husniddin Аchilovich
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +(99894) 579 69 05
Qurbonov Islom Аvaz o’g’li
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +(99897) 295 95 65
Qabulov Sahob Adbuqahharovich
Ish yurutuvchi (uslubchi)
Telefon: +(99894) 573 83 02
Ismoilov Jonibek
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +(99899) 212 29 88
Shertaylaqova Gulnoza Bazarovna
Ish yurutuvchi (uslubchi)
Telefon: +(99899) 181 75 77
Magistrlik dissertatsiyalarini bajarish davomida magistrantlarga ikkita ilmiy maqola, respublika yoki
halqaro miqyosida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda ikkita tezis chop etish hamda ilmiy
seminarlarda ishtirok etish bo’yicha talablar qo’yilgan.Mutaxassislik kafedralar tomonidan
magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalari doimiy nazoratga olingan. Hozirgi kunda bitiruvchi
magistrantlarimiz tomonidan ushbu talablar asosida magistrlik dissertatsiyasining 65% bajarilganligini
kuzatishimiz mumkin.
Jumladan, maxsus pedagogika, defektologiya:logopediya mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari Yunusov
Mirsaid (2020 yil 7-13 avgust), Haqberdiev Jamoliddin (2020 yil 7-13 may), Rizaeva Shalolalarning (2020
yil 7-13 aprel, iyun, avgust) AKADEMICA: Impak factor jurnalida maqolalari chop etildi.
-aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya) yo’nalishi 2 kurs magistranti Jo’raxujaev
Davronxo’ja “Kichik hududlarda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda dehqonchilikni tashkil
etish” (Oqdaryo tumani misolida) mavzusida (International Scientific Journal «Global Science And
Innovations 2020: Central Asia» Nur-Sultan, Kazakhstan, Feb-March 2020);
– ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari Tugalov
Bobur hamda Bazarbaev Sanjarlar “Rossiya mustamlakachiligi davrida Ustrushonadagi tarixiy yodgorliklarni
o’rganishning boshlanishi” mavzusida, (“Studentskiy vestnik” jurnali 12.11.2020 y);
– ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi 2 kurs magistranti Fotima
Jumanazarova hamda professor F.A.Axmedshina muallifligida “Umumta’lim maktablarida “Iqtidor –shou”
intellektual o’yindan foydalanish” (Tarix fani misolida) o’quv qo’llanmasi chop etildi.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) mutaxassisligi 2 kurs talabasi Oslanova
Kamola, profesor X.A.To’raqulov hamda I.X.To’raqulovalar hammuallifligida “Boshlang’ich sinf
o’quvchilarining faoliyatini yuksaltirishning innovatsion texnologiyalari” nomli monografiya nashr
qilindi (2020 y).
Shuningdek, musiqiy ta’lim va san’at mutaxassisligi 2 kurs magistranti Zulxumor Mamarasulzoda “Shuhrat”
medali bilan, Sa’dullaeva Farangiz – 2020 yil 5 martda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi
a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix)
mutaxassisligi 2 kurs magistranti Nomozov Begzod O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26
maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “Mehr saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxasisligi 2 kurs magistranti
Hazratqulov Sardor murabbiyligida institut “So’g’diyona” qizlar jamoasi basketbol sport turi bo’yicha
O’zbekiston chempionatida 2-turni 100% natija bilan muvaffaqiyatli yakunladi.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi 2 kurs magistranti
Ilxomova Moxinur Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yil tarbiyachisi” tanlovi
Respublika bosqichi ishtirokchisi, hamda o’z tashabbusi bilan barpo etilgan Jizzax shahrida joylashgan
“LEGO SAD” maktabgacha ta’lim tashkilotida magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan tadqiqot ishlarini olib
bormoqda.
Magistatura bo’limi tomonidan yuqoridagi amalga oshirilgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan
institut raxbariyati hamda mutaxasislik kafedralar bilan hamkorlikda reja asosida ishlar davom
ettirilmoqda.