Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/12/2023
Chop etish
«Talabalar forumi» tashkil etildi.

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi instituti» milliy tadqiqot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «Talabalar forumi» tashkil etildi.

Forumda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan iqtidorli talaba-yoshlar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetidan onlayn shaklda ishtirok etgan Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bir qator mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Jumladan, Jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti birinchi bosqich talabasi E’zoza Quvondiqova iqtidorli talabalarni magistraturada tahsil olishlari uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha o‘z taklifini ilgari surdi.

 


Ulashish:
958
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...