Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/12/2023
Chop etish
“Talaba-yoshlar o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” tanlovi o‘tkazildi

Universitetning Madaniyat saroyida fakultetlar jamoalari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida ajdodlar merosini o‘rganish, atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, talaba-yoshlarning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun imkoniyatlar yaratish, hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Tanlovda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Ma’rifatparvarlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni, Xorijiy tillar fakultetining “Ma’rifatparvar” jamoasi 2-o‘rinni, Pedagogika va psixologiya fakultetining “Ziyo chashmasi” jamoasi 3-o‘rinni, Tabiiy fanlar fakultetining “Avitsenna” jamoasi 4-o‘rinni, Rus tili va adabiyoti fakultetining “Zakiylar” jamoasi 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Ma’rifatparvarlar” jamoasi tanlovning 2-hududiy bosqichida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Ulashish:
1 182
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.