Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2024
Chop etish
«Sudya va talaba-qizlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim fakultetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi bilan hamkorlikda “Tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish hamda gender tenglikni ahamiyati» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi L.Xalitova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Kasimovalar ishtirok etishdi. Seminarda davlat boshqaruvida xotin-qizlarning teng ishtiroki hamda qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy maqomini yanada oshirish, ta’lim olish, gender tenglikni ta’minlash, shuningdek, oilaviy ajrimlarning sabablari, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq-u zo‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish maqsadida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar, jumladan bolalarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etganlik uchun kiritilgan javobgarliklar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Uchrashuv o‘zaro fikr va mulohazalar, qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.


Ulashish:
851
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.