Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Universitet bitiruvchilari
Universitet bitiruvchilari
|
29/07/2024
Chop etish
Rustam Abduraimovich Abdurasulov
Rustam Abduraimovich Abdurasulov (1962-yil 14-avgust, Jizzax viloyati, O‘zbekiston SSR) — o‘zbekistonlik olim, psixologiya fanlari doktori, professor.

Rustam Abdurasulov 1962-yil 14-avgust Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1979—1983-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutida o‘qigan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Jizzax shahar “Yosh kuch” ko‘ngilli sport jamiyati instruktori vazifasidan boshlagan. 1985-yilda Jizzax viloyat “Yosh kuch” ko‘ngilli sport jamiyati katta instruktori,

1986—1996-yillarda Jizzax viloyat pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti “Jismoniy tarbiya” kabineti mudiri, 1996—2004-yillarda Jizzax viloyat pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti “Pedagogika-psixologiya” kafedrasining mudiri, 2004—2005-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti “Yoshlar pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi dotsenti, 2005—2007-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya, musiqa bo‘limi o‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va “Maktabgacha ta’lim nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti, 2007—2008-yilda “Defektologiya, maxsus psixologiya nazariyasi va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, 2009—2011-yillarda Jizzax viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, 2011—2013-yillar Jizzax davlat pedagogika instituti “Maktabgacha ta’lim nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, 2013—2016-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti “Pedagogika-psixologiya” fakulteti dekani, 2016—2019-yillarda Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Pedagogika va psixologiya, ta’lim menejmenti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2019-yildan beri Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati

Olim 100 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar, 2 ta monografiya va 7 ta metodik qo‘llanma, “Maktabda psixologik xizmat” (1999), “Shaxs psixodiagnostikasi”(2000) “Maktab psixologining kundalik kitobi”(2005), “Boshqaruvga oid psixologik tavsiyalar” (2013), “1001 savolga psixologning 1001 javobi (hammualliflikda)” (2014, 2023) kabi uslubiy qo‘llanmalar, “Sharq yakka kurashi va shaxs takomili” (2008), “O‘quvchi shaxsini shakllantirishda sport mashg‘ulotlarining o‘rni” (2013) muallifidir. 1991-yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


Ulashish:
1 316
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.