Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/12/2025
Chop etish
Rektor “Zakovat” jamoasi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi.

Joriy yilning 15–18 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan intellektual olimpiadada universitetning “Zakovat” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, respublika miqyosida munosib natijani qayd etdi.

Shu munosabat bilan universitet rektori Maqsudjon Yuldashev “Zakovat” jamoasi a’zolari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida shashka bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasining respublika miqyosida 2-o‘rinni egallagani, “Breyn-ring” bahslarida esa kuchli jamoalarni mag‘lub etib, jamoa chorak finalgacha yetib borgani alohida e’tirof etildi.

Muloqotda 2026-yildan boshlab universitet miqyosida mavsumiy intellektual o‘yinlarga start berilishi ma’lum qilindi. Bu tashabbus talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni ilmiy va mantiqiy fikrlashga keng jalb etish maqsadida tashkil etilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, universitet rektori jamoa murabbiyi va “Zakovat” jamoasi a’zolariga erishilgan natijalar uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishga ishonch bildirdi.


Ulashish:
3 610
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...