Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/10/2025
Chop etish
Rektor talabalar turar joyida — sport va ma’naviyat uyg‘unligi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori navbatdagi tashrifini 1-son talabalar turar joyidan boshladi. Bu safargi tashrifda rektor avvalo o‘tgan galgi uchrashuvda berilgan vazifalarning ijrosini nazorat qildi.

 Talabalar turar joyi hududi sport anjomlari — tennis stollari, voleybol to‘plari bilan ta’minlangani, yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilgani alohida e’tiborga olindi.

Rektor talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi, ularning taklif va fikrlarini eshitdi. Shuningdek, u sport musobaqalarida shaxsan ishtirok etib, talabalarning jonkuyarligi va jamoaviy ruhini yuksak baholadi.

Qiziqarli jihati shundaki, tashrif vaqtida til bayramiga bag‘ishlangan tadbir ham bo‘lib o‘tdi va rektor unda tasodifan mehmon sifatida ishtirok etdi. Kutilmagan bu uchrashuv talabalarda katta hayajon uyg‘otdi. Ushbu lahzalarda rektor har bir talaba bilan birma-bir suhbatlashdi, ularning qiziqishlari va orzulari bilan qiziqdi.

Shuningdek, u talabalar turar joyi kutubxonasini yangi kitoblar bilan boyitish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu tashabbus yoshlarning intellektual saloxiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tashrif talabalarda katta ruhlanish uyg‘otdi, ular rektorning samimiy muloqoti va amaliyotga yo‘naltirilgan tashabbuslaridan minnatdorlik izhor etdilar.

2-son talabalar turar joyida zamonaviy qulayliklar yaratiladi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori o‘z navbatdagi tashriflaridan birini 2-son talabalar turar joyiga amalga oshirdi. Tashrif davomida talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va qator muhim topshiriqlar berdi.

Rektor turar joy hududida dam olish o‘rindiqlari va besedkalar o‘rnatish, shuningdek, tennis stollari kabi sport anjomlari bilan ta’minlashni topshirdi. Bu orqali talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishlari uchun qulay muhit yaratish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, hududni yorug‘lik bilan ta’minlash, xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda atrofni obodonlashtirish masalalari muhokama etildi. Rektor ushbu vazifalarning sifatli bajarilishiga jiddiy e’tibor qaratishni ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlar o‘z fikr va takliflarini bayon etdilar, mavjud muammolar haqida ochiq gapirishdi. Rektor har bir taklifni diqqat bilan eshitib, ularni amaliy yechimga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.Talabalar rektorning samimiy muloqoti va e’tiboridan mamnun bo‘lib, universitet rahbariyatining yoshlarga yaratayotgan sharoitlaridan minnatdorlik izhor etdilar.

Istiqbolda ushbu tashriflar doimiy ravishda davom ettirilib, talabalar uchun nafaqat ta’lim, balki turmush, dam olish va sport muhitida ham barkamol imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.


Ulashish:
1 977
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.