Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/03/2023
Chop etish
Referendum 2023: Talabalar turar joyida yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

Forum o‘tayotgan Jizzax davlat pedagogika universitetining 1-son TTJ maydoni bugun bayramona bezatilgan. Sahna atrofiga yig‘ilayotgan yoshlar bugungi tadbirga alohida tayyorgarlik ko‘rishgan. Ular, Ezgu g‘oyalar,teran fikrlarga tutash, barchani buyuk maqsad sari undaguvchi bu tadbir har kungidan-da qiziq va ajoyib o‘tishiga ishonishadi.

Ustozlarning, iqtidorli talabalarning, chiqishlari barchani «befarq bo‘lmaslikka», referendumda fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga undamoqda. Har bir notiq o‘z so‘zida yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etmoqda.


Universittenning badiiy jamoasi, yosh, iqtidorli ijodkorlar o‘zlarining eng sara kuy-qo‘shiqlari va raqslari bilan yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashishdi.

Talaba yoshlar, mehmonlar bilan bilan suratlarga tushishdi. Kuy-qo‘shiqqa, qshiqlar raqslarga ulandi. “Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida tashkillashtirlgan targ‘ibot tadbiri haqiqiy bayramga aylanib ketdi.


Ulashish:
1 423
Boshqa rubrikalarda mashhur

Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy madaniyat masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
JDPUda talaba-yoshlar uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida, ijara asosida hamda 4-sonli talabalar turar joyiga joylashgan talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosiga...
JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...