Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/04/2025
Chop etish
Pedagogika va psixologiya fakultetida Surdopedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi B. Nishonboyev kirish so‘zi bilan ochdi va ta’lim-tarbiya olayotgan talaba-yoshlarning odob-axloqi va darslarni o‘zlashtirishi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Keyingi so‘z navbati Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim boshlig‘i A.Umurzoqovga berildi. U o‘z so‘zida universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, oliygohning ichki tartib qoidalari xususida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, fakultet dekani I. To‘raqulova ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar va universitet hamkorligidagi ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar talabalarga universitet rahbariyati tomonidan yaratilgan barcha shart-sharoitlaridan unumli foydalanishlarini tushuntirib o‘tishdi.

Yig‘ilish so‘nggida iqtidorli faol talabalar tomonidan ”Bahor sevinchi” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbir barcha ota-onalar uchun juda manzur bo‘ldi.


Ulashish:
749
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.