Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2025
Chop etish
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchi bosqich talabalarining ish beruvchi tashkilotlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvga Jizzax viloyati Maktabgacha va Maktab ta’lim boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati bo‘limi, Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasidan vakillar va Jizzax davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda bitiruvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bitiruvchilar tomonidan berilgan savollar orasida kasbga oid, ishga joylashish, malaka oshirish va kelajakda karyera rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Jizzax viloyatidagi davlat va xususiy sektor vakillari tomonidan bitiruvchilarga ishga joylashish imkoniyatlari, o‘quv jarayonida ko‘nikmalarni rivojlantirish va amaliyot o‘tkazish haqida muhokamalar o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etgan tashkilotlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida kelgusi rejalarini muhokama qilishdi.

Bitiruvchilar uchun bu uchrashuv o‘z bilim va ko‘nikmalarini ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotda namoyish etish va o‘z karyerasini boshlash uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.


Ulashish:
757
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.